«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski «Real»ga o‘tmoqchi emas. Polshalik futbolchining ta’kidlashicha, u myunxenliklar safida ko‘proq sovrinlarni qo‘lga kiritmoqchi.
«Real»ga o‘tish? Futbolchilar uchun «Bavariya»da muvaffaqiyatga erishish uchun barcha imkoniyatlar bor. Klubimiz ushbu mavsumda barcha musobaqalarda g‘olib chiqishi mumkin», – dedi Levandovski.
Levandovski Bundesliganing ushbu mavsumida 24ta o‘yinda maydonga tushib, 21ta gol urdi.