Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Suriyaga qarshi o‘yin hakami haqida

Suriyaga qarshi o‘yin hakami haqida

Baho:
+ | -

JCH-2018 saralashi «A» guruhi 6-turidan o‘rin olgan Suriya - O‘zbekiston uchrashuvini BAAdan taklif etilgan 38 yoshli Muhammad Abdulloh Muhammad Hasan boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Muhammad al Hammadiy hamda Hasan al Mahriy yordam berishadi. To‘rtinchi hakam vazifasi Ahmad Hamis al Naqbiyga topshirilgan. Muhammad Abdulloh  1-turda J.Koreya - Xitoy bahsini boshqargandi. 23 mart kuniga belgilangan uchrashuv bataraf hudud - Malayziyada o‘tkazilishi va bunga Suriyadagi notinch holat sabab ekanligini yaxshi bilasiz. Mazkur bellashuv Seremban shahri (Paroi)dagi Tuanku Abdul Rahman Stadiumda mahalliy vaqt bilan soat 20:00 (Toshkentda 17:00)da start oladi. Demak, o‘z odatimizga ko‘ra, bo‘lajak o‘yin referisi haqida umumiy ma’lumot berish barobarida BAAlik hakamlarning terma jamoamiz ishtirokidagi o‘yinlarni qanday boshqarishganiga to‘xtalamiz.

Ma’lumot. Muhammad Abdulloh Muhammad Hasan 1978 yilning 2 dekabrida tavallud topgan. 2010 yildan FIFA referisi. Osiyo miqyosidagi musobaqalarga aynan 2010 yili OFK kubogi orqali kirib kelgan. Muhammad Abdulloh milliy va yoshlar (U-19) terma jamoalarimiz o‘yinlarida 2 martadan ishlagan va ulardan 2tasida g‘alaba qozonganmiz. Xususan, u avvalgi yili Toshkentda Bahrayn termasiga qarshi kechgan bahsni qi­yinchiliksiz boshqargandi. BAA vakili «Bunyodkor»ning OCHL-2013 doirasida «Sanfrechche Xirosima»ga qarshi kechgan o‘yini (0:0)da esa o‘rtacha taassurot qoldirgandi. Vorldreferee.com saytida keltirilishicha, Muhammad Abdulloh xalqaro miqyosda klublar va terma jamoalar ishtirokidagi jami 57ta o‘yinda ishlagan va ularda 12ta penalti belgilashdan tashqari, 14ta qizil hamda 190ta sariq kartochka ko‘rsatgan. Bu hakam xususan, Chili mezbonlik qilgan U-17 toifasidagi JCH-2015da 3ta o‘yinni boshqargan. Jahon chempionati saralash bahslariga esa endi-endi jalb etilyapti. Muhammad Abdulloh Osiyo kubogi-2015ga borgan 11 nafar referidan biri bo‘lganini ham alohida aytish o‘rinli.

J.Koreya - Xitoy o‘yinining ikkinchi bo‘limida hakamning saviyasi oshib borayotgani yaqqol sezildi. Harqalay, xitoylik futbolchilarning hujumlari va urgan gollariga e’tibor qaratsak, referining har bir vaziyatni sinchiklab kuzatgani oydinlashadi. Osiyoda barcha hakamlar ingliz tilini mukammal bilmasliklari tayin. Qolaversa, qoida bo‘yicha faqat jamoa sardorlarigina hakam bilan gaplashish huquqiga egalar. Xullas, Abdulloh bunga alohida yondashib, o‘yin payti futbolchilar e’tiroziga batafsil javob berib o‘tirmaydi.

Aytgancha, terma jamoamizning BAAlik Ali Badvaviy boshqargan o‘yin­larini yaxshi eslaymiz. Ayniqsa, Erondagi g‘alaba (JCH-2014 saralashi - 1:0)dan so‘ng Badvaviyning futbolchilarimiz quvonchlariga sherik bo‘lishni istamagani ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokama qilingandi. Demoqchimizki, Osiyoning yuqori saviyali hakamlari o‘yin sur’ati va ahamiyatini yaxshi anglashlari, zimmalariga katta mas’uliyat yuklanganini his qilishlari o‘zlari uchun plyus. Umuman, Muhammad Abdulloh uchun Osiyoda hakamlarning top-10 ro‘yxatiga kirish vaqti kelgan va u buni Malayziyadagi bahsda ham isbotlashi kerak.

Fakt. Ayni payt BAAlik 7 nafar referi FIFA reestriga kiritilgan: Muhammad Abdulloh (2010 yildan), Ammar Junaybiy (2011), Ali Muhammad Ahmad (2015), Yoqub Hammadiy (2015), Ibrohim Marzuqiy (2015), Ahmad Hamis Naqbiy (2016), Hamad Ali Yusuf (2016). Shuningdek, FIFA reestrida 9 nafar amirlik assistent bor. Ishonish qiyin, BAAdan ayollar futboli hakami ham chiqyapti - 28 yoshli Blushi Najot Hasan shu yil FIFA referisi maqomini oldi.

BAAlik hakamlar va terma jamoamiz munosabati. 1994 yil 3 oktyabrdan buyon milliy  jamoamizning 15ta rasmiy o‘yinini BAAlik referilar boshqarishgan. Xususan, ulardan 8tasi jahon chempionatlari saralash bosqichi doirasida o‘tgan. Yuqorida ta’kidlandi, Ali Hamad Badvaviy muxlislarimizga yaxshi tanish. U boshqargan o‘yinlar doimo muhokama markazida bo‘lgan.

1. 1994 yil 3 oktyabr.       Osiyo o‘yinlari. Guruh bosqichi. O‘zbekiston - Malayziya - 5:0. Hakam: Abdulaziz al Mulla

2. 1995 yil 20 oktyabr.    Afro-Osiyo kubogi. O‘zbekiston - Nigeriya - 2:3. Hakam: Ali Buysaim

3. 1995 yil 12 dekabr.    OK-96. O‘zbekiston - Suriya - 1:2. Hakam: Ali Buysaim

4. 2001 yil 23 aprel.      JCH-2002 saralashi. O‘zbekiston - Xitoy Taypeyi - 7:0. Hakam: Muhammad al Saidiy

5. 2003 yil 10 noyabr.      OK-2004 saralashi. O‘zbekiston - Tojikiston - 0:0. Hakam: Saloh Amim Muhammad

6. 2006 yil 15 noyabr.      OK-2008 saralashi. O‘zbekiston - Qatar - 2:0. Hakam: Muhammad al Saidiy

7. 2007 yil 13 oktyabr.    JCH-2010 saralashi. O‘zbekiston - Xitoy Taypeyi - 9:0. Hakam: Ali Hamad Badvaviy

8. 2008 yil 2 iyun.            JCH-2010 saralashi. Singapur - O‘zbekiston - 3:7. Hakam: Ali Hamad Badvaviy

9. 2008 yil 15 oktyabr.    JCH-2010 saralashi. Yaponiya - O‘zbekiston - 1:1. Hakam: Ali Hamad Badvaviy

10. 2009 yil 1 aprel.      JCH-2010 saralashi. Avstraliya - O‘zbekiston - 2:0. Hakam: Ali Hamad Badvaviy

11. 2011 yil 25 yanvar.    OK-2011. O‘zbekiston - Avstraliya - 0:6. Hakam: Ali Hamad Badvaviy

12. 2011 yil 15 noyabr.   JCH-2014 saralashi. O‘zbekiston - Tojikiston - 3:0. Hakam: Muhammad al Zaruniy

13. 2012 yil 14 noyabr.   JCH-2010 saralashi. Eron - O‘zbekiston - 0:1. Hakam: Ali Hamad Badvaviy

14. 2015 yil 14 yanvar.    OK-2015. Xitoy - O‘zbekiston - 2:1. Hakam: Muhammad Abdulloh

15. 2015 yil 29 mart.      JCH-2018 saralashi. O‘zbekiston - Bahrayn - 1:0. Hakam: Muhammad Abdulloh

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:09, 23.03.2017.
O'qildi: 6373 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.