«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Bavariya» hujumchisi Kingsli Komanni jamoasi safida ko‘rmoqchi.
Le10Sport xabariga ko‘ra, murabbiy u bilan Myunxenda birga ishlagan va uning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. Komanning transfer huquqi «Yuventus»ga tegishli bo‘lib, «Bavariya»da ijara asosida o‘ynamoqda. Uning transfer narxi 21 mln yevroga teng.