«Tottenhem» yarimhimoyachisi Dele Alli UYEFA tomonidan jazolandi.
20 yoshli yarimhimoyachi Yevropa ligasining 1/16 finalidan o‘rin olgan «Gent» klubiga qarshi o‘yinda raqibini qo‘pol tarzda chalib yiqitgan va maydondan chetlatilgandi.
UYEFA uning qizil kartochkasi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib chiqdi va uch o‘yinga diskvalifikasiya qilish haqida qaror chiqardi.