Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Arbeloa - «Real» futbolchisiga: «Bor, murabbiylik lisenziyasini ol»

Arbeloa - «Real» futbolchisiga: «Bor, murabbiylik lisenziyasini ol»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubida ichki muhit barqaror emas — OAVda futbolchilarning o‘zaro va bosh murabbiy Alvaro Arbeloa bilan munosabatlarida muammolar borligi haqida xabarlar muntazam ravishda paydo bo‘lmoqda.

The Touchline nashri insayder Xose Feliks Diasga tayanib xabar berishicha, yaqinda jamoa himoyachisi Alvaro Karreras asosiy tarkibga kiritilmaganidan norozi bo‘lgan. Bosh murabbiy Arbeloa esa bunga juda qo‘pol tarzda javob qaytargan: u Karrerasga murabbiylik lisenziyasini olishni, murabbiy bo‘lishni va qarorlarni o‘zi qabul qilishni maslahat bergan.

Ma’lumot uchun, ushbu voqeadan so‘ng Karreras «Real Ovyedo»ga qarshi kechgan (2:0) uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Bungacha esa u La Liganing ketma-ket uchta o‘yinida zaxira o‘rindig‘ida qoldirilgan edi.

Kiritildi: 17:59, 15.05.2026.
O'qildi: 982 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик