Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» — «Manchester Siti» futbolchisi uchun kurashda favorit

«Barselona» — «Manchester Siti» futbolchisi uchun kurashda favorit

Baho:
+1 | -

«Manchester Siti» hujumchisi Omar Marmush faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda «CaughtOffside» jurnalisti Mark Brus xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» misrlik futbolchi uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda. Marmush hozirda «Manchester Siti»da yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Ta’kidlanishicha, «shaharliklar» katta ehtimol bilan futbolchini 60-65 million yevro evaziga sotishga rozi bo‘lishadi.

2025 yilning yanvar oyida «Manchester Siti» Marmushni «Ayntraxt»dan 75 million yevroga sotib olgan edi. Ushbu mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:54, 15.05.2026.
O'qildi: 9237 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик