Kirish Ro'yxatdan o'tish

Iqtidorli futbolchi Fransiya termasidan voz kechib, Marokashni tanladi

Iqtidorli futbolchi Fransiya termasidan voz kechib, Marokashni tanladi

Baho:
+ | -

Fransiyaning eng istiqbolli yosh yarim himoyachilaridan biri boshqa mamlakat terma jamoasida o‘ynashga qaror qildi.

Foot Mercato nashrining xabar berishicha, Ayyub Buaddi Marokash milliy terma jamoasi safida harakat qiladigan bo‘ldi.

Fransiya futbol federasiyasi xavbekning Fransiya yoshlar terma jamoalarida o‘ynashda davom etishiga va yakunda Zinedin Zidan boshqaruvidagi asosiy terma jamoaga o‘tishiga umid qilgan edi. Biroq 18 yoshli futbolchi Marokashni afzal ko‘rdi. Uning JCH-2026 turniriga borishi kutilmoqda.

Buaddi "Lill" tarkibida "Liga 1" doirasida 62 ta o‘yinda maydonga tushgan. Fransiyaning turli yoshdagi (U16 dan boshlab) terma jamoalari safida esa 30 ga yaqin uchrashuv o‘tkazgan.

Kiritildi: 11:17, 15.05.2026.
O'qildi: 4469 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик