Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Arsenal» bir mavsum oldin sotib olgan yarim himoyachisidan qutulmoqchi

«Arsenal» bir mavsum oldin sotib olgan yarim himoyachisidan qutulmoqchi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi tayanch yarim himoyachisi Kristian Nyorgor bor-yo‘g‘i bir mavsumdan so‘ng jamoani tark etishi mumkin. Jurnalist Geri Jeykobning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «kanonirlar» rahbariyati 32 yoshli daniyalik futbolchini sotib yuborishga tayyor.

Nyorgor o‘tgan yozda «Brentford» klubidan transfer qilingan edi. Biroq u Premyer-liga doirasida «Arsenal» libosida maydonda bor-yo‘g‘i 56 daqiqa harakat qildi, xolos. Shunday bo‘lsa-da, murabbiylar shtabi undan boshqa musobaqalarda (kubok bahslarida) tez-tez foydalanib turdi.

Tajribali yarim himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarni hisobga olganda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Futbolchining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari ayni damda Daniya terma jamoasi a’zosini 7 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:29, 15.05.2026.
O'qildi: 786 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик