Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

“Nasaf” O‘zbekiston kubogining keyingi bosqichiga chiqdi

“Nasaf” O‘zbekiston kubogining keyingi bosqichiga chiqdi

Baho:
+ | -

Bugun “Nasaf” O‘zbekiston kubogining 1/16 finalida ilk uchrashuvini Toshkentning “Lokomotiv-BFK” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Uchrashuv boshidan jamoa hujumga zo‘r berdi. Maydon egalari esa, butun jamoa bo‘lib himoyalanishga majbur bo‘lishdi. O‘yinning birinchi bo‘limining yarmi shu tarzda davom etdi. Futbolchilar gol urish uchun ko‘plab vaziyatlar ham yaratishdi. Dastlab hech qaysi futbolchida darvozani nishonga olishda aniqlik yetishmadi.

Uchrashuvning 33-daqiqasiga kelib, maydonning o‘ng qanotidan tashkil etilgan hujum, nihoyat gol bilan yakunlandi. Bunda Akmal Shorahmedov to‘pni havodan jarima maydoniga oshirib berdi. Tajribali hujumch Shaxboz Erkinov esa baland sakragan holda to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi – 0:1.

“Lokomotiv-BFK” o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yuborgach, oldinga o‘tishga majbur bo‘ldi. Bu holat esa futbolchilar uchun qarshi hujumda o‘ynashga qo‘laylik yaratdi. Natijada tashkil etilgan yana bir hujum gol bilan nihoyasiga yetdi. Bu vaziyatda Shaxboz Erkinov to‘pni Bobir Abduxoliqovga uzatib berdi. Bobir Abduxoliq yengil zarba bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi – 0:2.

Birinchi bo‘lim ana shu hisobda yakunlandi.

Shaxboz Erkinov ikkinchi bo‘limda “Lokomotiv-BFK” darvozasiga uchta gol urdi va poker qayd etdi.
Qolgan gollarga esa jamoa sardori Sherzod A’zamov va Dilshod Rahmatullayev mualliflik qilishdi.
Shunday qilib, raqib darvozasiga javobsiz yettita gol kiritgan "Nasaf" uchrashuvda ishonchli g‘alabaga erishdi va kubokning navbatdagi bosqichiga chiqdi. Jamoaning keyingi raqibi “Nurafshon” – “Paxtakor” juftligining g‘olibi bo‘ladi.

O‘zbekiston kubogi. 1/16 final bosqichi. 24.03.2017
“Lokomotiv-BFK” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi) 0:7 (0:2)
Toshkent sh., TTYMI stadioni. 15:00da
Bosh hakam: Isxax Ibragimov (Nukus)
Qanot hakamlari: Jalgasbay Sarsenov, Bektursin Kannazarov (ikkalasi ham Nukusdan)
Yordamchi hakam: Anotoliy Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: Artyom Arutyunov (Toshkent).
Gollar: Shaxboz Erkinov, 33’-0:1, 66’-0:4, 76’-0:5, 80’-0:6, Bobir Abduxoliqov, 39’-0:2, Sherzod A’zamov, 59’-0:3, Dilshod Rahmatullayev 86’-0:7.
“Lokomotiv-BFK”: 52.Valijon Rahimov, 2.Jamshid Rasulov, 6.Dostonbek Bahromov, 10.Sardor Rasulov, 11.Rustam Yaraliyev (s), 13.Bekzod Latifov, 19.SHukurjon Mo‘minov, 22.Nurbek Sidabullayev (8.Ulug‘bek G‘aniyev 73), 23.Soxibjon Danishov (21.Saidmaxmudxon G‘ulomov 69), 25.Obidjon Hakimov, 9.Umarov Nuriddin (17.Hayotbek Sotivoldiyev 71)
Zaxira: 1.Sulayman Axmedkarimov, 4.Abdimutalib Iskandarov, 21.Saidmaxmudxon G‘ulomov.
“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 2.Akmal Shorahmedov (38.Doniyorjon Narzullayev 71), 4.Maqsud Karimov, 7.Odiljon Hamrobekov (5.G‘olib G‘aybullayev 78), 10.Dilshod Rahmatullayev, 14.SHarof Muhitdinov, 23.SHerzod A’zamov (s), 15.SHaxboz Erkinov, 31.Saydullo Rahmatov, 45.Bobir Abduxoliqov, 69.Dragan Cheran (8.Sirojiddin Qo‘ziyev 71).
Zaxira: 30.Azizxon Isoqov, 9.Dilshod Xushbakov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 17:56, 24.03.2017.
O'qildi: 7074 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик