Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

De Xea, Kurtua, Leno – “Real” uchun qaysi biri munosib?

De Xea, Kurtua, Leno – “Real” uchun qaysi biri munosib?

Baho:
+ | -

Kelgusi mavsumdan boshlab “Real” posboni Keylor Navas asosiy tarkibdan umuman joy topa olmasligi mumkin. Bunga uning ushbu mavsumda ko‘rsatayotgan ishonchsiz o‘yinlari sabab bo‘lmoqda. Uning o‘rnini qaysi darvozabon munosib to‘ldira olishi mumkin?

Keylor Navas ushbu mavsumda jamoa bilan birga o‘tgan mavsumdagiday yuqori tempdagi o‘yinini namoyish eta olmayapti. Shu bois klub mutasaddilari muqobil variantlarni ko‘zdan kechirmoqda. Bosh murabbiy Zinedin Zidan ham bunga qarshi emas. 2014 yil yozida “Levante”dan kelib qo‘shilgan kosta-rikalik posbon o‘tgan yillar davomida jamoa darvozasini ishonchli tarzda qo‘riqlab keldi. Biroq ushbu mavsumda hozircha La Liganing 20 o‘yinida ishtirok etgan Navas 22 bora o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi. Har o‘yinda 3 seyvni amalga oshirmoqda. Bunday ko‘rsatkich esa “Real” rahbariyatini qoniqtirmaydi. Shu bois uning o‘rniga 3 nomzodlar tanlangan. Bular De Xea, Kurtua, Leno. Xo‘sh, ulardan qaysi biri «qirollik klubi»ga mos tushadi? 

David De Xea (“Manchester Yunayted”)

“Real” rahbariyatiga eng maqbul darvozabon bu «Manchester Yunayted» posboni David De Xeadir. De Xea “Real”ning azaliy raqiblaridan biri “Atletiko Madrid” sharafini himoya qilgani ham to‘sqinlik qilmayapti. Ispaniyalik darvozabon 2015 yildayoq klub safiga kelib qo‘shilishi mumkin edi. Transfer bozori yopilishiga sanoqli daqiqalar qolganida faks bilan bog‘liq o‘sha mashhur voqea tufayli De Xeaning Madridga ko‘chib o‘tishi qolib ketgandi. Biroq, “Real” yana kuchli darvozabonga muhtoj va De Xea asosiy nomzodlar orasida dastlabki o‘rinda. “Real” rahbariyati “Manchester Yunayted” posbonining “Real”ga transferi muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid qilishmoqda. Bunga asosiy ikki sabab bor. Dastlabkisi, “Real” libosida o‘ynashni darvozabonning o‘zi ham istaydi. Boshqa sabab esa “qizil iblislar”ning bosh murabbiyi Joze Mourinyo tufayli. “O‘zgacha” fevral oyidayoq bu haqida intervyularidan birida aytib o‘tgandi: “Transfer bozori paytida ularning biror futbolchisi meni qiziqtirsa, yoki aksi bo‘lsa, biz matbuot orqali ish qilmaymiz. Biz to‘g‘ridan-to‘gri muloqot olib boramiz.”

26 yoshli posbon «Manchester Yunayted» bilan mazmunli o‘yin ko‘rsatmoqda. Premer Ligada 27 o‘yin o‘tkazgan De Xea 23 gol o‘tkazib yuborgan. Bu ko‘rsatkich har bir o‘yinga 0.85 golni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga 55 seyvni amalga oshirib, jamoadoshlariga 381 bora aniq pas yetkazib bergan.

Tibo Kurtua (“Chelsi”)

Tibo Kurtua «Real» posbonligiga nomzodlar orasida 2-o‘rinda. Uni “Chelsi”dagi o‘rni va Antonio Kontening unga bo‘lgan ishonchidan ko‘ngli to‘q. Biroq, balgiyalik posbon professional futbolchi bo‘lib yetishgan shahriga qaytishni istab qolishi ehtimoli ham bor. Kurtua 2015 yilda “matraschilar” bilan La Ligani yutib olganidan keyin, “Chelsi” rahbariyati o‘z futbolchisini ortga qaytargan edi. Madrid OAVga ko‘ra, 24 yoshli posbon Madridda qolgan oilasi bilan birga bo‘lishni istamoqda. Bu mavsumda Kurtua “Chelsi” bilan fantastik mavsumni boshidan kechirmoqda. Hozircha 28 bora maydonga tushgan belgiyalik darvozabon 21 gol o‘tkazib yuborgan. Bu esa har bir o‘yinga 0.75 gol to‘g‘ri kelishini anglatadi. Shuningdek, 51 seyvni amalga oshirib, jamoadoshlariga 393 bora aniq pas bergan

Bernd Leno (“Bayer”)

“Real” klubida nomi tez-tez yangrayotgan navbatdagi nomzod Bernd Leno. “Bayer” posboni jamoasining ishonchsiz o‘yiniga qaramasdan ancha ishonchli va mazmunli o‘yin ko‘rsatmoqda. 25 yoshli darvozabon bunday o‘yini bilan grand jamoalardan birining e’tiboriga tushsa ajab emas. Chempionlar Ligasi nimchorak finali bosqichida “Atletiko”ga qarshi bahs olib borgan “Bayer” posboni “Real” buyuk jamoa ekanligini o‘z intervyusida ochiq-oydin aytib o‘tdi.

Bernd Leno bu uch darvozabonlar orasida ushbu mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etgan yagona posbon hisoblanadi. Bundesligada 25 o‘yinda darvozasidan 40 gol olib chiqqan Leno har bir uchrashuvda 1.60 gol o‘tkazib yubormoqda. Mavsum boshidan beri 76 bora seyv amalga oshirgan. Jamoadoshlariga esa 463 bora aniq pas uzatgan. Chempionlar Ligasida 7 o‘yin o‘tkazib, 8 gol o‘tkazib yuborgan va 16 seyv amalga oshirgan. Leno shunhasiz Yevropaning eng iqtidorli darvozabonlaridan biri hisoblanadi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 17:54, 25.03.2017.
O'qildi: 11642 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.