«MYU» klubining sobiq yarimhimoyachisi Bastian Shvaynshtayger MLS chempionatida o‘ynaydigan bo‘ldi.
Nemis futbolchisi Myunxen shahrida "Chikago Fayr" klubi vakillari ishtirokida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Endi 33 yoshli Shvaynshtayger jamoasi bilan "1+1" sxemasida shartnoma imzolaydi. Eslatib o‘tamiz, «MYU» uning transferini rasman tasdiqladi.