Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Statislav Cherchesov: «Terma jamoa eshigi barcha uchun ochiq»

Statislav Cherchesov: «Terma jamoa eshigi barcha uchun ochiq»

Baho:
+ | -

Moskvadagi Futbol uyida Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Kot-d~Ivuar (24 mart) va Belgiya (28 mart)termalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Uzoq tanaffusdan keyin Aleksandr Buxarov yana termaga chaqirildi. «BIZNES Online» nashri shu munosabat bilan Cherchesovdan intervyu oldi.

- Stanislav Salamovich, Vasiliy Berezuskiyning faoliyatini yakunlagani to‘g‘risidagi xabarga qanday izoh berasiz?

- Vasiliy bilan bu haqda gaplashdim. Uning qarorini hurmat qilish kerak. Vaziyat o‘zgarib ketdi. Berezuskiyning chizig‘ida yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazamiz.

- Bu futbolchining terma jamoa­dan ketgani taktikaga ham o‘zgartirish kiritadimi?

- Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, turli sabablar tufayli uch markaziy himoyachi taktikasiga o‘tamiz.

- Yangi sardor nomini hozir ayta olasizmi?

- Buni futbolchilar jam bo‘lishgandan so‘ng hal qilamiz. Hozirda Samedov va Akinfeev vise-sardorimiz hisoblanishadi. O‘ylashimcha, bu borada katta o‘zgarish bo‘lmaydi.

- Mario Fernandes yuridik jihatdan Rossiya terma jamoasi safida o‘ynay oladimi?

- Ba’zi bir nozik jihatlar borki, bu haqda gapira olmayman. Ke­yin chalkashliklar yuzaga kelishi mumkin. Fernandesni jamoaga moslashishi uchun chaqiryapmiz. Yaxshiyamki, uni ko‘p futbolchilar tanishadi. Lekin jamoa birgalikda Marioga yordam berishi kerak. Huquqiy savollarga javoblarni esa yuristlarimizdan eshitganingiz ma’qul.

- Georgi Jikiya hozircha «Spartak»da o‘ynamayapti. Ammo terma jamoadan chaqiruv oldi...

- Barcha o‘yinlarni ko‘rdim, ammo «Spartak»nikini emas. Jikiya yig‘inlardagi uchrashuvlarda maydonga tushdi. Bahordagi birinchi o‘yinni kuzda olgan sariq kartochkalari tufayli o‘tkazib yubordi. Balki, shu tufayli ham «Spartak» murabbiyining rejalari o‘zgarib ketgandir. Lekin chempionat o‘yinlari endi boshlandi. Jikiya juda yosh futbolchi. Shu o‘rinda Granat ham ro‘yxatimizda borligini aytmoqchiman. Biz barcha futbolchilarni ko‘zdan kechiramiz. Rostovdagi o‘yinga tashrif buyurgandim. Vladimir esa ko‘z o‘ngimda jarohat oldi. Agar mavsum oxiriga qadar safdan chiqmaganida tarkibda bo‘lardi. Shuningdek, u biz qo‘llamoqchi bo‘lgan sxemada o‘ynayotgan klub sharafini himoya qilmoqda. Jikiya haqida gapiradigan bo‘lsam, u biz bilan bitta yig‘inda ishtirok etdi. Uni yana bir bor sinashga qaror qildik.

- Roman Noyshtedterdan qay tarzda foydalanmoqchisiz?

- U so‘nggi oyda oltita uchrashuvning uchtasini to‘liq o‘tkazdi. «Krasnodar»ga qarshi o‘yinini ko‘rgan bo‘lsangiz, Roman markaziy himoyachi sifatida maydonga tushdi. Oldinlari tayanch yarim himoyachisi vazifasini bajarardi. Shu bois ham biroz ajablandik. Umuman olganda, u o‘z chizig‘ida ishonch­li o‘ynaydi.

- Aleksandr Buxarov «Manchester Yunayted» darvozasiga urgan golidan tashqari yana nimasi bilan ajablantirdi?

- Biz jamoalarning yig‘inlardagi o‘yinlarini tomosha qilgandik. Uning yaxshi formadaligi ko‘rinib turgandi. Agar xotiram pand burmayotgan bo‘lsa, «MYU»ga qadar u ikkita gol urdi va yana ikkita golga assistentlik qildi. Uning mehnatini ko‘rib turibmiz. Yana takrorlayman, bizning sxema uchun shunday futbolchi kerak. Kokorin, Smolov kabi futbolchilar jarohat tufayli ro‘yxatga kiritilishmadi. Buxarovning chaqirilishida ajablanarli narsa yo‘q. Chunki terma jamoa eshigi barcha uchun ochiq.

- Taras Burlakni terma jamoaga chaqirmayotganingizning sababi bormi?

- O‘zini ko‘rsatayotgan yana 15 nafar futbolchini sanab o‘tishim mumkin. Keling, tarkibda borlarni muhokama qilaylik.

- Oldinlari futbolchilarni yig‘inlar uchun ham chaqirardingiz. Hozir bunday qilmayapsiz.

- Ayni paytga kelib nomzodlarni yaxshilab bilib oldik. Agar qandaydir yulduzcha chiqib qolsa, o‘ynatib ko‘ramiz. Bunga Buxarovni misol qilish mumkin.

- Hozirgi tarkib Konfederasiyalar kubogi uchunmi?

- Qaysidir ma’noda shunday.

- Kokorin futbol tufayli tarkibda yo‘qmi?

- «Anderlext»ga qarshi bahsni stadionda tomosha qildim. Shuningdek, boshqa o‘yinlarni ham ko‘rdim. Qarorimiz sport prinsiplari asosida qabul qilingan. Yo‘l qoidasini buzganining bunga aloqasi yo‘q.

- Jamoadagi qaysi chiziqni muammoli deb hisoblaysiz?

- Qanday tushuntirsam ekan? Terma jamoaga chaqirgan barcha futbolchilarga ishonamiz. Bizning vazifamiz muhokama qilish emas, balki o‘sha muammoni hal qilish.

- Darvozabonlardan qaysi biri maydonga tushadi?

- Hozir bir narsa deya olmayman. Qatardagi yig‘inga uch nafar darvozabon bilan boramiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:16, 26.03.2017.
O'qildi: 5963 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.