Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

Davron Kabulov uyini garovga qo‘yib bo‘lsa ham, O‘zbekistonni JCHga olib chiqmoqchi

Davron Kabulov uyini garovga qo‘yib bo‘lsa ham, O‘zbekistonni JCHga olib chiqmoqchi

Baho:
+ | -

“Million” jamoasi boshlovchisi Davron Kabulov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishga tayyorligini bildirdi.

“Murabbiylik tajribam yo‘qligini yuzimga solishmasa, “qo‘ng‘iroqlar” bilan tarkib tanlashga aralashishmasa, O‘zbekiston MTJni JCHga olib chiqa olaman. Tekinga, pul kerakmas. 4 yil Vatanim uchun oyliksiz ishlashga tayyorman. “Boshlovchiligingni qilsang-chi”, degan gaplarga shoshilmang: termamizni shu vaqtgacha Sarkisyan, Mirsodiqov, Vega da Silva, Salkov, Nepomnyashiy, Abramov, Qosimov, Babayan kabi “tan olinganlar” boshqardi, olib chiqolmadi JCHga. Hech narsa yo‘qotmaysiz, eplolmasam, 6 marta chiqolmagan mundialga 7 marta chiqmagan bo‘lasiz. Va’damning ustidan chiqsam, TARIXDA BIRINCHI MARTA bo‘ladi. Jiddiy aytyapman. Agar natija oldingilaridan yomon bo‘lsa, yashab turgan uyimni o‘rtaga tikishga tayyorman!”, deb yozadi Davron Kabulov.

Bu bilan Davron Kabulov nima demoqchi? Boshqa soha odami bo‘la turib, Samvel Babayan bosh murabbiy bo‘ldi-ku, men ham bir urinib ko‘ray, demoqchidir, bunisi bizga qorong‘u.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH saralashi doirasida safarda Suriyaga qarshi imkoniyatni boy bergandi. Ertaga Toshkentda Qatar terma jamoasini qabul qiladi.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 10:48, 27.03.2017.
O'qildi: 59312 marta.
Fikrlar: 33 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.