Angliya terma jamoasi hujumchisi Jermeyn Defo Litvaga qarshi (2:0) JCH–2018 saralash bosqichi 5-turi uchrashuvida raqib darvozasiga gol urdi.
34 yoshli hujumchi milliy terma jamoaga to‘rt yillik tanaffusdan keyin chaqirildi va ushbu hodisani gol bilan nishonladi.
Defo so‘nggi marta Angliya terma jamoasi tarkibida 2013 yilning noyabrida maydonga tushgandi. Oxirgi golini esa terma tarkibida o‘sha yilning mart oyida urgan edi.