«Galatasaroy» klubining nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimxen Madridning «Atletiko» klubi a’zosiga aylanishi mumkin. Bu haqda Forza Cimbom nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «matraschilar» Osimxenni 120 million yevro evaziga sotib olish istagi borligi borasida Turkiya chempioniga rasmiy so‘rov yuborishgan. Biroq «Galatasaroy» yozgi transfer oynasida o‘z yulduzini qo‘yib yuborishga tayyormi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.
Bundan oldinroq, agar Xulian Alvares klubni tark etadigan bo‘lsa, Ispaniya grandi uning o‘rniga Osimxenni shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
2025/26 yilgi mavsumda Osimxen barcha musobaqalarda jami 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.













