Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

O‘zbekiston - Qatar o‘yinini boshqaruvchi Qosim Sarray bilan tanishuv

O‘zbekiston - Qatar o‘yinini boshqaruvchi Qosim Sarray bilan tanishuv

Baho:
+ | -

JCH-2018 saralash bosqichi «A» guruhi 7-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Qatar uchrashuvini iroqlik 36 yoshli Mohannad Qosim Isi Sarray boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Laynsmenlar - Muayyad Muhammad Ali va Vosiq Obayd al Suaydi. To‘rtinchi hakam vazifasi ham iroqlik referiga topshirilgan - Muhammad Zayd Tamer. Sarray joriy saralash bosqichi uchinchi raundi 5-turi doirasidagi Xitoy - Qatar bahsi (2016 yil 15 noyabr)ni boshqargan va mehmon jamoa futbolchilari Saad al Shib, Muhammad Muso hamda Sebastyan Soriyani ogohlantirgandi. Xo‘sh, Qosim Sarray o‘zbek futboli bilan nechog‘li tanish? Umuman, iroqlik hakamlar milliy jamoamiz uchun omadli sanalishadimi yoki aksincha...?

Ma’lumot. Mohannad Qosim Isi Sarray 1980 yilning 22 may kuni tug‘ilgan. 2011 yili FIFA ro‘yxatiga kirgan. Osiyo miqyosidagi musobaqalarda ilk marta OFK kubogi-2013da ko‘rinish bergan. Isi Sarray shu kunga qadar milliy jamoamiz ishtirokidagi biror o‘yinni boshqarmagan,  faqat U-16 toifasidagi termamizning Osiyo chempionati-2014 final bosqichida quvaytliklarga qarshi o‘tgan o‘yini (4:2)da ishlagan. U shuningdek, klublarimizning OCHLdagi 2ta o‘yinini boshqargan: «Al-Jaish» - «Bunyodkor» (1:2, 2014 yil 23 aprel) va «Al-Ahli» (Dubay) - «Nasaf» (0:0, 2015 yil 18 mart). Ko‘rinib turibdiki, bu hakam ishlagan o‘yinlarda hamyurtlarimiz mag‘lubiyatga uchrashmagan.

Worldreferee.com sayti ma’lumotlariga asosan aytsak, Sarray xalqaro miqyosda klublar va terma jamoalar ishtirokidagi 39ta rasmiy o‘yinni boshqargan va ularda jami 7ta penalti belgilab, 5ta qizil hamda 116ta sariq kartochka ko‘rsatgan. Hozircha eng muhim o‘yini - bu o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati-2014 finali. O‘sha bahsda J.Koreya termasi shimollik qo‘shnilariga 1:2 hisobida yengilgan va hakamlik ishiga aytarli e’tiroz yangramagandi.

2013 yili Osiyo miqyosidagi katta futbolga qadam tashlagan iroqlik hakam jismoniy tayyorgarligi va o‘yinlarni boshqarishda mustaqil fikriga tayanishi bilan e’tiborga tushdi. Joriy yil 1 mart kuni «Istern» va «Kashima Antlers» o‘rtasida kechgan OCHL bahsi faoliyatidagi eng murakkab o‘yin-lardan biri bo‘ldi. Zero, raqibni mensimay maydonga tushgan yaponlar hakamga bosim o‘tkazishga uringandilar. Muhimi, Isi Sarray bunday  vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi, ya’ni xotirjam ishlashda davom etdi. U asosan Iroq chempionati bahslarini boshqaradi. Serray garchi JCH-2018ga borish imkoniyatiga ega hakamlarning kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lsada, 2019 yili BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida bemalol ishlashi mumkin.

Mohanad Qosim Isi Sarray boshQargan xalQaro o‘yinlar (faQat milliy terma jamoalar ishtirokida)

Musobaqa

O‘yin

Sar. kar.

Qiz. kar.

Pen.

Sana

 

JCH-2018 saralashi

 

Ikkinchi raund

Yaponiya - Singapur - 0:0

 -

 -

 -

16.06.2015

Ikkinchi raund

Bahrayn - Filippin - 2:0

 2 (1 - 1)

 -

 -

13.10.2015

 

Ikkinchi raund

Yaponiya - Afg‘oniston - 5:0

 -

 -

 -

24.03.2016

Uchinchi raund

Xitoy - Qatar - 0:0

 4 (1 - 3)

 -

 -

15.11.2016

Ko‘rfaz kubogi-2014

 

Guruh bosqichi

S.Arabistoni - Bahrayn - 3:0

 3 (1 - 2)

 -

 -

16.11.2014

 

3-o‘rin uchun

S.Arabistoni - Qatar - 1:2

 7 (2 - 5)

 -

 -

26.11.2014

 

Fakt. Ayni payt iroqlik 6 nafar referi FIFA reestriga kiritilgan - Ali al Qaysi (2002 yildan), Mohanad Qosim Isi Sarray (2011), Vosiq al Baag (2012), Muhammad Zayd Tamer (2016), Yusuf Said Hassan (2017), Salim Amir al Asadi (2017). Bundan tashqari, FIFA ro‘yxatida 8 nafar laynsmen ham bor. Shuningdek, Iroqdan xalqaro futzalda 4 nafar va plyaj futbolida 1 nafar hakam ishlaydi.

Iroqlik hakamlar. Terma jamoamizning atigi bitta rasmiy o‘yinini Iroq vakili boshqargan. Aniqroq aytsak, Janubiy Koreya termasi jahon chempionati-98 saralash bosqichi doirasida ilk marta Toshkentga kelgan va o‘yin yakunlanmasidan oldin Fransiya mundiali yo‘llanmasini naqd qilgandi. O‘sha o‘yinda aynan iroqlik referi Abdul Xudxayr Abdul Husayn ishlagandi. 1:5 hisobida yengilgan jamoamizning yagona goli ayni payt «Neftchi»ga ustozlik qilayotgan Andrey Fyodorov tomonidan urilgandi - 67-daqiqada penaltidan.

Iroqlik hakamlar JCH-2018 saralashida. Ali Saboh Adday al Qaysi (5ta o‘yin):     Pokiston - Yaman (2015 yil 23 mart); Falastin - BAA (2015 yil 8 sentyabr); Tojikiston - Bangladesh (2015 yil 12 noyabr); Xitoy - Mal-div or. (2016 yil 24 mart); Suriya - Eron (2016 yil 15 noyabr). Mohannad Qosim Isi Sarray (4ta o‘yin): Yaponiya - Singapur (2015 yil 16 iyun); Bahrayn - Filippin (2015 yil 13 oktyabr); Yaponiya - Afg‘oniston (2016 yil 24 mart); Xitoy - Qatar (2016 yil 15 noyabr).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:23, 28.03.2017.
O'qildi: 8863 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.