O‘zbekistonda zamonaviy beshkurash bo‘yicha ilk musobaqaga 31 mart kuni start beriladi. Mazkur bellashuvlar poytaxtimizning turli sport saroylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Qilichbozlik bellashuvlari «Paxtakor» markaziy stadionining “Yoshlik” sport zalida soat 09:00 dan 11:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Shu kunning o‘zida atletlar poytaxtimizdagi “Yoshlik” sog‘lomlashtirish-sport kompleksi (sobiq NBU sport majmuasi)da musobaqani davom ettiradi. Rejaga ko‘ra, suzish bo‘yicha bellashuv soat 12:00dan 14:00 gacha, o‘q otish va yugurish bo‘yicha ballarni jamlash esa 15:00-18:00 gacha bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Ot sporti bo‘yicha o‘tkaziladigan bellashuvlar 1 aprelga belgilangan.
Musobaqa yakunlangach, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasining faoliyati taqdimoti va zamonaviy beshkurash bo‘yicha mamlakat chempionatining ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 fevral kuni O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi tashkil etilgan edi.
«Real» yozdagi transfer xatosidan qattiq pushaymon [4068]
Mbappe Ronaldu haqida: "Fransiya menga bunday qilishga yo‘l qo‘ymaydi" [2508]
"Real"da ikki futbolchining intizomi alohida e’tirof etildi [2250]
Zidan Fransiya terma jamoasining hujum uchligini tanladi [2183]
O‘zbekiston shaxmatchilari uchun mukofot pullari keskin oshirildi [1994]
«Real» bir yulduzidan xalos bo‘lishi mumkin [1954]
«Chelsi» yulduzi Joze Mourinyo bilan ishlashga tayyorligini bildirdi [1826]
Deku «Barselona»ni kuchaytirish uchun pozisiyani tanladi [1808]
Mbappe Ronaldu haqida: «Fransiya menga bunday qilishga yo‘l qo‘ymaydi» [1383]













