Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

«Dinamo» muxlislari jamoa bilan dasturxon atrofida yig‘ilishdi

«Dinamo» muxlislari jamoa bilan dasturxon atrofida yig‘ilishdi

Baho:
+ | -

«Dinamo» jamoasining joriy yilgi natijalari Samarqand ahlini behad quvontirayotgani rost. Ijobiy natijalarda jonkuyar muxlislarning ham hissasi beqiyos.

Zero, «Dinamo» jamoasi quyi ligada to‘p surganida ham suyukli jamoalarini hattoki safar o‘yinlarida ham yolg‘izlatib qo‘ymagan ishqibozlar, Oliy Ligadagi har bir bahsda – xoh uyda, xoh mehmonda «Dinamo»ni qo‘llab-quvvatlashdan tinishmayapti. Bunga javoban futbolchilar ham munosib javob berishga intilishmoqda va hozirda muxlislar va futbolchilar bir oiladek bo‘lib qolishgan.

Xususan, «Dinamo»ning muvaffaqiyatli startidan ruhlangan jamoaning jonkuyar muxlislari Navro‘z bayrami va omadli start munosabati bilan 29 mart, chorshanba kuni «Dinamo» klubini Samarqand shahridagi «Navbahor» restoranida tashkil etilgan bayram dasturxoniga taklif etishdi. Tadbirni jamoaning 40 yillik faxriy muxlisi Abdumannon Hoji bobo Qur’on-tilovati bilan duoga qo‘l ochib, xalq xursandchiligi yo‘lida jamoaga kuch va g‘ayrat tiladi. Milliy taomlarimiz halisa (halim) va sumalak tortilgan bayram dasturxoni atrofida yuzga yaqin ishtirokchi – futbolchilar, murabbiylar va muxlislar birga yig‘ilishib, do‘stona ruhda suhbat qurishdi.

Bayram tadbiri yakunida «Dinamo» muxlislari faoli, tadbir tashkilotchisi Shavkat Burhonov do‘stona ruhdagi uchrashuv haqida gapirib o‘tdi.

«Avvalambor, bugungi muxlislar bilan uchrashuvga tashrif buyurganliklari uchun sevimli jamoamiz «Dinamo» klubiga katta rahmat. Futbolchilar kabi, muxlislar ham ular bilan bir dasturxon atrofidagi uchrashuvdan bir olam taassurot olishdi. Bilasiz, Samarqand ahli futbolsevar xalq. Jamoamiz bu yil bizni behad quvontirmoqdaki, buni har o‘yin kunlari shaharda futbol bayrami kayfiyati sezilib turganidan bilsa bo‘ladi. O‘tgan mavsumda jamoamiz quyi ligadan chiqqanligi uchun ko‘pchilik «Dinamo»ning muvaffaqiyatiga ishonmagan edi. Shunga qaramay, murabbiylarimiz yoshlardan iborat bo‘lgan ajoyib jamoani shakllantirishdi. Jamoaning har bir futbolchisi Samarqand uchun, muxlislar uchun maydonda bor kuchini sarflayotgan ekan, biz muxlislar ularning har birini boshimizga ko‘tarib yuramiz. Vaqti kelib shu o‘yinchilar mamlakat futboli sha’ni uchun ham to‘p sursalar boshimiz osmonga yetadi. Umidimiz bor, vaqti kelib «Dinamo» ham xalqaro maydonda to‘p surib, Samarqandda ham Osiyoning yetakchi jamoalarini ko‘rishni istardik. Har holda shahrimiz va muxlislar bunga munosib. Oldinda bizni butun bir mavsum kutib turibdi. Jamoamizni ruhini ko‘tarib, har o‘yinda, har qanday holatda ularni qo‘llab-quvvatlab turamiz. Oldindagi muhim bahslarda ularga omad yor bo‘lsin deb qolamiz» - deydi ashaddiy muxlis.

 

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 19:06, 29.03.2017.
O'qildi: 7514 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.