Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Ilhom Sharipov: «Muxlislarimiz – 12-o‘yinchimiz»

Ilhom Sharipov: «Muxlislarimiz – 12-o‘yinchimiz»

Baho:
+ | -

Samarqandlik muxlislar tashkil etgan Navro‘z bayrami tadbiri yakunida "Dinamo" jamoasi nomidan Ilhom Sharipov ishqibozlarga minnatdorchilik bildirdi.

«Avvalo, muxlislarimizga mana shunday e’tibor va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildiraman. Bugun muxlislar singari futbolchilar ham ishqibozlar bilan uchrashib, bir dasturxon atrofida to‘planib, yaxshi taassurotlar olishdi. Mana shunday yuzlab jonkuyar muxlislarimiz borligi bizning yutug‘imizdir. Jamoamizning muvaffaqiyatlarida ham so‘zsiz muxlislarning o‘rni juda katta. Ular 12-o‘yinchimiz, xoh Samarqandda o‘ynaylik, xoh Toshkent, Bekobod yoki vodiyda bo‘lsin doimo jamoamizni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Muxlislarning daldasi futbolchilar uchun juda muhim. Hali mavsum oldinda. Muxlislarimiz har qanday holatda ham bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etsalar, «Dinamo» jamoasi ham maydonda eng avvalo ular uchun bor kuch va g‘ayratini ishga soladi» - dedi Ilhom Sharipov.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:42, 30.03.2017.
O'qildi: 5602 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.