Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Ikki Ronaldo – ikki yulduz yoxud Braziliya terma jamoasi afsonalari haqida

Ikki Ronaldo – ikki yulduz yoxud Braziliya terma jamoasi afsonalari haqida

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi afsonalari Ronaldo va Ronaldinyo Esporte Espetacular ko‘rsatuvida ishtirok etib, boshlovchining savollariga birgalikda javob berishdi.

- Ronaldinyo terma jamoaga yangi kelganida qanday maslahatlar bergansiz?

Ronaldo: - Xuddi men singari u ham bosim ostida qolib ketgandi. Shu bois Ronaldinyoga: «Xotirjam bo‘l, sen bizning usulimiz, futbolimizni shu tariqa ko‘rsatasan», deganman.

- Ronaldinyo, nima uchun odamlar sizni yaxshi ko‘radilar?

Ronaldinyo: - Braziliyaliklar futbolni juda sevishadi. Omadim kelgani - ular yoqtiradigan sport turi bilan shug‘ullanaman. Buning ustiga, juda yaxshi o‘ynaganman va hammaga yoqadigan harakatlarni amalga oshirganman. Braziliyaliklar gollar va driblingni yaxshi ko‘rishadi. Ronaldo ikkimiz kerakli o‘yin xarakteristikasiga ega bo‘lganmiz.

Ronaldo: - Bizning «yoqilg‘imiz» muxlislar bo‘lgan. Albatta, mashg‘ulotlarning ham muhimligini unutmaslik lozim. Lekin bizni ruhlantirgan asosiy narsa chiroyli o‘yinni kutgan insonlar bo‘lgan. Ko‘pchilik bizdek bo‘lishni istaydi. Chunki biz qashshoq oiladan chiqib, katta muvaffaqiyatlarga erishganmiz. Bu esa insonlarni ruhlantiradi. Biz hammasini uddaladikmi, demak ular ham uddalashlari mumkin.

- Endilikda xalqni Neymar ruhlantiradimi?

Ronaldinyo: - Neymar ishtaha va ishtiyoq bilan o‘ynaydi, uning harakatlari muxlislarga yoqadi. Yuqorida aytganimdek unda energiya, dribling va gollar bor. Terma jamoamizga aynan shunday yigit yetishmayotgandi. Endilikda Neymar bizning yuzimiz.

- Tite-chi?

Ronaldo: - qiyinchiliklar yuzaga kelganda, futbolchilarda «bor kuchimizni ishga solib, murabbiy uchun o‘ynashimiz kerak», degan fikr yuzaga keladi. Agar mutaxassis yaxshi bo‘lsa, har bir futbolchining kerakli jihatlarini oladi. Tite esa buning uddasidan chiqmoqda.

- Neymar sizdan o‘zib ketishi mumkinmi?

Ronaldo: - Bu juda qiyin savol. qaysi jihatlarni solishtirish kerak? Aynan nimaligini bilmayman. Lekin shuni aniq aytishim mumkinki, bu yigit ajoyib o‘yin namoyish qilmoqda.

- Tite jamoaga yaxshi iqlim olib keldimi yoki barcha gap mashg‘ulotlardami?

Ronaldo: - Tite hech nima olib kelmadi. Chunki terma jamoadagi muhit hamisha yaxshi bo‘lgan. Dunga bu bosimni ushlab tura olmadi. Futbolchilar qaysidir vaqtda uni tushunmay qolishdi. Axir futbol aniq fan emas-ku, u oddiy...

Yaqinda Titening gaplarini eshitdim. «Yigitlar qanchalik uzoqqa borishlarini bilmadimu, ammo ularga yordam beraman», dedi. Tite hech qanday taqiqlar qo‘ymaydi. U bilan ko‘p bora tortishganman va gaplashishni biladi. Bir so‘z bilan aytganda, bir guruh odamlarni boshqarishga qodir ekspert.

- Ronaldinyo, haqiqatan ham fao­liyatingizni yakunladingizmi?

Ronaldinyo: - Ayni payt hayotimdan mamnunman. Ko‘p sayohat qilyapman va musiqa bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalarimni amalga oshiryapman. Bunday ritm bilan futbolga qaytish qiyin. Mashg‘ulot qilishga toqatim yo‘q. Mashg‘ulot qilmadimmi, demak yuqori saviyada o‘ynay olmayman. Lekin faoliyatimni aniq yakunladim, deya olmayman. Birdan ajoyib taklif tushib qolishi mumkin.

- Hozirgi terma jamoaga qay biringiz yaxshi kirishib keta olasiz?

Ronaldo: - Jezus jarohat olgan. Uning o‘rnini to‘ldirishim mumkin edi.

Ronaldinyo: - qarang, u gollarni qanchalik sog‘ingan. Ronaldoni tanlayman.

- Qay biringiz «Barsa»da yaxshi o‘ynagansiz?

Ronaldo: - Ronaldinyo. Chunki u «Barsa»da ko‘p vaqt o‘ynagan. Men esa bir yil to‘p surganman, xolos.

Ronaldinyo: - Do‘stim, bu borada seni tanlay olmayman. Hatto orzu ham qilma. Ammo sen ikki tarafda ham o‘ynagansan (Ronaldinyo Ronaldoning «Real»dagi faoliyatini nazarda tutmoqda).

- qay biringiz kiyinish xonasida yetakchi bo‘lgansiz?

Ronaldo: - Ikkimiz ham katta ta’sirga ega edik.

Ronaldinyo: - Bu odatiy iyerarxiya — o‘zingdan kattalarni hurmat qil.

- Kechalarni kim yaxshi uyushtirardi?

Ronaldo: - Kechalarda hamisha eng yaxshisi bo‘lganman.

Ronaldinyo: - Haqiqatan ham shunday, tortishmayman. Ronaldoga bu borada tenglashib bo‘lmasdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:08, 01.04.2017.
O'qildi: 18071 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик