Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Oliy liga 4-tur o‘yinlarida eng ko‘p muxlis Samarqandga tashrif buyurdi

Oliy liga 4-tur o‘yinlarida eng ko‘p muxlis Samarqandga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Oliy Liga 4-tur yakunlariga ko‘ra, Samarqandda o‘tgan «Dinamo» - «Navbahor» (0:1) uchrashuvi eng ko‘p tomoshabin to‘plagan bahs bo‘ldi.

PFL ma’lumotlariga ko‘ra, «Dinamo» stadionida o‘tgan turning markaziy o‘yinida 13 105 tomoshabin tashrif buyurgan. Bu tur doirasidagi eng ko‘p muxlis tashrif buyurgan o‘yindir. E’tiborlisi shu kuni stadion sig‘imi sababli, 5 mingga yaqin muxlis o‘yingoh tashqarisida qolib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, 2-tur doirasidagi Samarqandda o‘tgan «Dinamo» - «Sho‘rtan» (3:0) uchrashuvida 10 138 tomoshabin tashrif buyurib, bahs 2-turning eng ko‘p muxlis to‘plagan o‘yini bo‘lgan edi.

Shuningdek, 4-tur doirasida Navoiyda o‘tgan «Qizilqum» - «Buxoro» uchrashuvida ham 10 103 tomoshbin tashrif buyurgan. Farg‘onadagi «Vodiy derbisi»da esa 4263 nafar tomoshabin to‘plangan.

4-tur uchrashuvlari tashrifi bilan tanishing:

«Dinamo» (Samarqand) – «Navbahor» (Namangan) – 0:1. 13 105 tomoshabin.

«Qizilqum» (Navoiy) – «Buxoro» (Buxoro)– 0:1. 10 103 tomoshabin.

«Neftchi» (Farg‘ona) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)– 1:2. 4263 tomoshabin.

«Nasaf» (Qarshi) – «So‘g‘diyona» (Jizzax)– 4:0. 4122 tomoshabin.

«Mash’al» (Muborak) – «Paxtakor» (Toshkent)– 3:0. 3447 tomoshabin.

«Lokomotiv» (Toshkent) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 5:0. 1252 tomoshabin.

«Metallurg» (Bekobod) - «Sho‘rtan» (G‘uzor) – 4:2. 936 tomoshabin

«Obod» (Toshkent) – «Bunyodkor» (Toshkent)– 1:1. 721 tomoshabin.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 18:17, 01.04.2017.
O'qildi: 8419 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.