Tbilisida dzyudo bo‘yicha Gran-Pri turniri davom etmoqda.
73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan G‘iyosjon Boboyev finalgacha Eron, Gollandiya va Kanada vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Finalda esa shvesiyalik Tommi Makiasga qarshi tatamiga chiqib, g‘alaba qozondi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.