«Borussiya» D yarimhimoyachisi Mark Batra klubning eng dovyurak muxlisini izlamoqda.
Gap shundaki, Bundesliga 26-turidan o‘rin olgan «Shalke» (1:1) klubiga qarshi «Rur derbisi»da, «qovog‘arilar» futbolkasini kiygan ayol qo‘rqmasdan «Shalke» muxlislari orasida o‘tirgani ma’lum bo‘ldi.
«Shu ayolni topishga yordam beringlar. Uning dovyurakligiga qoyil qoldim. Unga futbolkamni sovg‘a qilmoqchiman» - deb yozdi Bartra tvitter sahifasida.