Meksikaning «Tixuana» klubi hujumchisi Aviles Urtado ajoyib usulda gol urdi.
Futbolchi «Atlas» klubiga qarshi o‘yinda burchak zarbasidan oshirilgan to‘pga akrobatik usulda zarba berib, darvozaning yuqori burchagiga joylab qo‘ydi. O‘yin 3:3 hisobidagi durang natija bilan yakuniga yetdi.