Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Para Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston Afrika II ochiq chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi

Para Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston Afrika II ochiq chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -

Ruanda poytaxti Kigali shahrida 31 mart– 2 aprel kunlari Para Taekvondo buyicha Afrika II ochik chempionati bulib o‘tdi.

Mazkur nufuzli musobaqada 17 mamlakatdan 44 nafar sportchi ishtirok etdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi sharafini to‘rt nafar hamyurtimiz - Sarvarjon Obidjonov, Sanjarbek Muxtorov, Ziyoda Isoqova va Farhod Mamaziyoyev himoya qilishdi.

Ta’kidlash kerakki, terma jamoamiz a’zolari Afrika ochiq chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi va jami to‘rtta medalga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida musobaqani kuchli uchlikda yakunladi.

Farhod Mamaziyoyev finalga qadar barcha raqiblarini mag‘lub etib, hal qiluvchi bahsda Kongo Demokratik Respublikasi vakilini 9:1 hisobida taslim qildi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ziyoda Isoqova esa final bahsida oltin ochko evaziga marokashlik raqibasini 1:0 hisobida yengdi. Sarvarjon Obidjonov va Sanjarbek Muxtorovlar esa bronza medaliga loyiq ko‘rilishdi.

Ma’lumot uchun, 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan XVI Paralimpiya o‘yinlari dasturidan Para Taekvondo ham o‘rin olgan. Afrika Ochiq chempionati g‘oliblari ana shu Paralimpiya o‘yinlari uchun qimmatli 20 reyting ochkosini qo‘lga kiritishdi. Bobur Kuziyev raxbarligidagi terma jamoamiz ertaga, 4- aprel kuni erta tongda poytaxtimizga qaytib keladi.

 

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:38, 03.04.2017.
O'qildi: 6525 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик