«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger «PSJ» klubi bilan muzokara o‘tkazgani haqidagi xabarlarni inkor qildi.
«Rasman e’lon qilaman, «PSJ» bilan hech qanday muzokara o‘tkazmadim» - dedi Venger.
Avvalroq, «Arsenal» bilan shartnomasi shu yil yozida tugaydigan Venger kelasi mavsumda ham jamoada ishlamoqchi ekanini aytgan edi.