Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ivor Veyser: "Muxlislar ishonchini qaytarishga harakat qilamiz"

Ivor Veyser: "Muxlislar ishonchini qaytarishga harakat qilamiz"

Baho:
+ | -

“Buxoro”ning  xorvatiyalik legioneri Ivor Veyser jamoaning safardagi barcha gollariga mualliflik qilmoqda.

“Nasaf” va “Qizilqum”ga qarshi kechgan uchrashuvlarda “Buxoro”ning yagona goliga aynan Veyser mualliflik qildi. Navoiydagi bahsdan so‘ng ushbu futbolchi o‘z fikrlarini bildirdi.

“Avvalambor barcha muxlislarimizni safardagi ilk g‘alaba bilan tabriklayman. “Qizilqum”ga qarshi uchrashuv biz uchun juda og‘ir kechdi. Jamoa ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan so‘ng ushbu bahsda qanday bo‘lmasin g‘alaba qozonishi shart edi. Bu g‘alabadan so‘ng turnir jadvalidagi pozisiyamiz ham ancha yaxshilandi, biz chempionat liderlari bilan ochkolarimiz tafovutini ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Umumiy qilib aytadigan bo‘lsam, “Qizilqum” bilan o‘yinda biz har bir santimetr uchun kurashdik, oxirgi soniyalargacha kurashni to‘xtatmadik. “Qizilqum” jamoasiga hurmatimni saqlagan holda aytishim mumkin-ki, biz haqli g‘alabaga erishdik.

Men “Buxoro”ga kelishdan oldin tabiiy-ki, jamoa haqida ma’lumot yig‘dim. O‘tgan mavsumda ushbu jamoa 4-o‘rinni egallabdi va sovrindor bo‘lishiga oz qolgan edi. Meni diqqatimni tortgan boshqa jihat bo‘ldi. Ushbu jamoa muxlislarining ko‘pligi meni hayratga soldi. Har bir uy uchrashuvlariga 20 ming va undan ziyod muxlis tashrif buyurishini eshitib lol qoldim, ishonmadim. Lekin klub saytidagi suratlarni tomosha qilar ekanman, bunga o‘z ko‘zim bilan guvoh bo‘ldim, darhaqiqat stadion liq to‘lar ekan.

 Dastlabki tur uchrashuvida o‘z uyimizda “Olmaliq” bilan o‘ynadik. Bu uchrashuvda ham aynan shunday atmosfera guvohiga aylanishga umid qilgan edim, afsus-ki negadir muxlislar kam kelishdi. Stadion yarmi bo‘sh turgani dilni xira qildi. Yil boshida jamoa a’zolari tubdan o‘zgartirildi, balki muxlislar yangilarga sal ishonchsizroq nazarda qarashayotgandir va shu sababli stadionga kelmayyotgandir. Vaqt o‘tgan sayin biz albatta muxlislarimizni stadionga qaytaramiz va ularning bizga nisbatan ishonchlarini yana uyg‘otishga harakat qilamiz. Men umid qilaman-ki, keyingi uy uchrashuvlarimizda stadionga yanada ko‘proq muxlis tashrif buyuradi. Ertakdagiday go‘zal Buxoro” shahri va uning xalqi ulkan g‘alabalarga loyiqdir. “Buxoro” jamoasi mana shunday muxlislari bilan albatta xorijiy arenalarni ham zabt etishi shart!”-dedi Veyser.  

Manba: pfcbuxoro.com
Kiritildi: 12:00, 04.04.2017.
O'qildi: 6682 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.