Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Bugun UZREPORT TVda "Manchester Yunayted"-"Everton" o‘yini. Prevyu

Bugun UZREPORT TVda "Manchester Yunayted"-"Everton" o‘yini. Prevyu

Baho:
+ | -

Bugun UZREPORT TVda APLning 31-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"-"Everton" jamoalari uchrashuvi namoyish qilinadi.

Siz soat 23:55dan boshlab "Old Trafford" stadionidagi bahsni jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.

O‘yin prevyusi. "Manchester Yunayted" - "Everton"
4 aprel 2017 yil. Soat 23:55da
Manchester. "Old Trafford" stadioni
Tahminiy tarkiblar:
Manchester Yunayted: De Xea, Yang, Roxo, Bayi, Valensiya, Kerrik, Errera, Mxitaryan, Reshford, Lingard, Ibrahimovich.
Everton: Robles, Beyns, Jagelka, Uilyams, Xolgeyt, Geye, Barri, Miralyas, Barkli, E.Valensiya, Lukaku.
Jarohat olgan futbolchilar: Kris Smolling, Fil Jons, Xuan Mata (Manchester Yunayted) - Ramiro Mori, Yannik Bolase, Sheymus Koulman, Morgan Shnayderlen, Jeyms Makkarti (Everton)

Bu mavsumda "Everton" jamoasi bir necha tur davomida ajoyib natijalar qayd etib keldi va natijada kuchli oltilikda borayotgan jamoalarga ancha yaqinlashib oldi. Lekin xalqaro maydon yo‘llanmasi beriladigan pog‘onlar uchun Ronald Kuman shogirdlari aprel oyidagi ikkita dastlabki uchrashuvda zafar quchishlari talab etilar edi. Birinchisida "Liverpul"ga qarshi kechgan bahsda 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Endi esa ular "Old Trafford"da yana bir sinovdan o‘tishlari talab etiladi.

"Manchester Yunayted" esa so‘ngi 7 turda faqat 3tasida g‘alaba qozona oldi xolos. Mazkur uchrashuvda Joze Mourinyo shogirdlari yana ochko yo‘qotadigan bo‘lishsa unda kuchli 4talikka kirish uchun ularning imkoniyati yanada pasayib ketishi mumkin. Agarda "Manchester Yunayted" shu ketishda ochko yo‘qotaversa unda keyingi mavsum Chempionlar ligasida qatnashish uchun Yevropa Ligasiga jiddiy e’tibor qaratishga majbur bo‘ladi. Mankunyanliklar baxtiga Zlatan Ibrahimovich va Ander Errera o‘z diskvalifikasiyalarini o‘tab bo‘lishdi va mazkur uchrashuvda maydonga tusha olishlari mumkin. Shuningdek, Pol Pogba ham jarohatidan forig‘ bo‘lgan va bugungi o‘yinda uni ham maydonda ko‘rishingiz mumkin.

O‘zaro o‘yinlarga toxtaladigan bo‘lsak, "Old Trafford"da o‘tgan so‘ngi 23ta uchrashuvning faqat bittasida "Manchester Yunayted" imkoniyatni boy bergan. Mazkur mag‘lubiyat 2013-yil Devid Moyes boshqaruvida ro‘y bergan edi.

Jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvi.
Liverpul. Stadion "Gudison Park". 39 550 muxlis
"Everton" - "Manchester Yunayted" 1:1
Gollar: Beyns 89 (pen.) - Ibragimovich 42
"Everton": Stekelenburg, Beyns, Koulman (Xolgeyt 67), Uilyams, Mori, Barri, Kleverli (Delofeu 65), Bolase (E.Valensiya 68), Gana Gee, Lukaku, Miralyas
Murabbiy: Ronald Kuman
"Manchester Yunayted": de Xea, Djons, Roxo, Darmian, Mxitaryan (Fellaini 85), Errera, Pogba, L.Valensiya, Kerrik, Martyal (Reshford 83), Ibragimovich
Murabbiy: Joze Mourinyo
Ogohlantirishlar: Barri 31, Lukaku 90 - Roxo 16, Fellaini 88, de Xea 88

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 18:48, 04.04.2017.
O'qildi: 16559 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.