Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Termamiz yetakchilari bizning imkoniyalar haqida qanday fikrda?

Termamiz yetakchilari bizning imkoniyalar haqida qanday fikrda?

Baho:
+ | -

JCH-2018 saralash bahslari yakunlanishiga 3ta tur qolgan bir paytda O‘zbekiston milliy jamoasi Janubiy Koreya termasidan bir, peshqadam eronliklardan esa 5 ochkoga ortda qolmoqda. Afsuski, so‘nggi 3ta o‘yinning ikkitasini aynan shu raqiblarga qarshi o‘tkazamiz. Boz ustiga, ketma-ket Eron va Xitoyga safar uyushtiramiz. Lekin «Chiqmagan jondan umid», deyishadi. Biz Qatar bilan bo‘lib o‘tgan qiyin bahsdan so‘ng terma jamoamiz yetakchilarida fikr oldik.

Server Jeparov (O‘zbekiston m.t.j. yarim himoyachisi):

- O‘yinning har ikki jamoa uchun ham qiyin kechishi oldindan ma’lum edi. Boisi, uchrashuvgacha qatarliklarda ham mundialga chiqish imkoniyati saqlanib turgandi. Shu sababli ular mazkur bahsda bor kuchlari bilan o‘ynashdi. O‘z navbatida, biz Suriya termasidan qabul qilingan mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda faqat g‘alaba ilinjida to‘p surdik. Mehmonlarda ham Toshkentdan ochko bilan qaytish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgandi.

To‘p ikki bor darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Menimcha, Qatar jamoasiga omad yetishmadi. So‘nggi uchrashuvlarda standart vaziyatlardan to‘pni jamoadoshlarimga aniq yetkazib bera olmayapmanmi? Bunday deb o‘ylamayman. Uzatma har doim ham muvaffaqiyatli chiqavermaydi. Avvalgi o‘yinlarni ko‘rgan bo‘lsangiz, to‘pni sheriklarimga aniq yetkazib bergandim. O‘rinli tanqidga hamisha ijobiy munosabatda bo‘lganman, lekin hozirgi e’tiroz noto‘g‘ri. Shuningdek, hujumda xavfli vaziyatlar kamligini aytishyapti.

Bilasizmi, hozir aksariyat jamoalar himoyaviy uslubni tanlashmoqda. Ayniqsa, nisbatan kuchsizroq jamoalar. Qatar termasiga qarshi kechgan uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qilish uchun yetarlicha imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Afsuski, ularning faqat bittasidan unumli foydalana oldik, xolos. Bir tomondan, bunga raqib himoyachilari ham yo‘l qo‘yishmadi. Ular kuchli pressingni yuzaga keltirishdi. Suriyaliklardan qabul qilingan mag‘lubiyat haqida gapirsam, o‘sha o‘yinda maydonning holati juda ayanchli, boz ustiga, havo juda issiq edi. Buni bahona tarzida qabul qilmasliklarini so‘rardim. Ha, ular ham xuddi shunday sharoitda harakat qilishdi. Shunchaki, Suriya termasiga omad kulib boqdi, bizga esa yo‘q.

Keyingi turda guruh peshqadamiga qarshi mehmonda o‘ynaymiz. O‘zingiz guvohi bo‘lyapsiz, barcha uchrashuvlar qiyin kechyapti. Nafaqat biz, balki raqib jamoalarga ham. Koreya termasi xitoyliklarga yutqazdi. O‘z maydonida Suriya jamoasi bilan uchrashuvda qi-yinchilikka duch keldi. Mehmonlar tepgan to‘p ikki bor darvoza to‘siniga tegdi. Guruhimizdagi barcha bahslarda kichik hisob qayd etilmoqda, ko‘p gol urilmayapti.

Xitoy termasini 2:0 hisobida mag‘lub etdik. Hozirdan «Ozodi» stadionida kechadigan uchrashuv taftini sezib turibman. Ular uch ochkoni qo‘lga kiritsalar, muddatidan avvad mundial yo‘llanmasini naqd qilishadi. Lekin biz bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun astoydil intilamiz. Birinchi davradagi mag‘lubiyat uchun revansh olish niyatidamiz. JCH-2014 saralash bosqichida ham bu terma bilan to‘qnash kelgandik. O‘shanda o‘z maydonimizda mag‘lub bo‘lib, Tehronda zafar quchgandik. Nasib qilsa, Erondan g‘alaba bilan qaytamiz.

Aziz Haydarov (O‘zbekiston m.t.j. yarim himoyachisi):

Bu hali hammasi emas, davomi bu yerda

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:25, 07.04.2017.
O'qildi: 15966 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.