Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

«Navbahor» - «Mash’al»: O‘yindan oldingi qiziqarli faktlar

«Navbahor» - «Mash’al»: O‘yindan oldingi qiziqarli faktlar

Baho:
+ | -

Bugun Namangan "Markaziy" stadionida mahalliy "Navbahor" jamoasi Muborakning "Mash’al" jamoasini qabul qiladi.

Hozircha sizlarga o‘yindan oldingi qiziqarli faktlarni taqdim etamiz.

O‘zbekiston chempionatining ushbu mavsumida Muborakliklar “Dinamo” bilan birga eng kam gol o‘tkazib yuborgan (1 dona) klub bo‘lib turishibdi. “Gazchilar” darvozasini Marat Bikmayev ishg‘ol qilgan xolos.

Xuddi “Navbahor” kabi “Mash’al” tarkibida ham O‘zbekiston chempionatining joriy mavsumida bittadan ortiq gol urgan o‘yinchi hozircha yo‘q.

Muborakliklar o‘tkazilgan 4 o‘yinning uchtasini o‘z maydonida o‘tkazganini qo‘shimcha qilish lozim. Shu bois jamoa mehmondagi o‘yinlarda 100 foizli ko‘rsatgich qayd etmoqda.

“Navbahor” har bir o‘yinda gol urishni uddalamoqda. “Mash’al” esa birinchi turda “Lokomotiv” darvozasiga yo‘l topa olmagan.

Ketma-ket 3 o‘yindan buyon “Mash’al” o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab kelmoqda. “Gazchilar” darvozaboni Javohir Ilyosov 298 daqiqadan buyon “quruq seriya”ni namoyish etmoqda. Bu joriy mavsumda hozircha rekord

O‘tgan turda maydondan chetlatilgan "Navbahor" yarim himoyachisi Oybek Qilichev bugun maydonga tushmaydi.

Bugungi uchrashuvni andijonlik Temurbek To‘xtasinov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

To‘xtasinov Oliy liganing amaldagi mavsumida bir o‘yinda (2- tur, “Nasaf” – “Buxoro” 2:1) ishlagan xolos.

Bugun "Navbahor"ning sobiq futbolchilari darvozabon Botir Nosirov va o‘tgan mavsumning birinchi yarmini "lochinlar" safida o‘tkazgan ukrainalik yarim himoyachi Vladislav Pavlenko "Navbahor"ga qarshi maydonga tushishi mumkin

"Navbahor" yarim himoyachisi Mirzohid G‘ofurov va markaziy himoyachi G‘iyos Komilov katta extimol bilan sobiq jamoalari "Mash’al"ga qarshi maydonga tushishadi.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 14:21, 07.04.2017.
O'qildi: 5857 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.