Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

«Espanyol» murabbiyi Mourinyoga javob qaytardi

«Espanyol» murabbiyi Mourinyoga javob qaytardi

Baho:
+1 | -

«Espanyol» bosh murabbiyi Manolo Gonsales La Liganing 2-turida «Real»ga qarshi kechgan uchrashuvda (1:2) Vinisius Juniorga nisbatan harakatlarni nomaqbul deb atagan madridliklar ustozi Joze Mourinyuning so‘zlariga munosabat bildirdi.

Uchrashuv boshida «Espanyol» yarim himoyachisi Aleks Kalatrava qoidabuzarlikdan keyin yerda yotgan Vinisiusning orqasiga oyog‘i bilan tepdi.

«Jin ursin, agar unga tegish ham mumkin bo‘lmasa... Axir bu futbol. Men haddan tashqari qo‘pol birorta folni ko‘rmadim. Hozirgi futbolda o‘yinchiga xavf tug‘diradigan bunday harakatlar yo‘q. Unga nisbatan qilingan follar oddiy holat edi va hech kim ularni ataylab sodir etmadi. Bular boshqa futbolchilar bilan ham sodir bo‘ladigan o‘yin epizodlari.

Hakamlik hech qanday holatda o‘yinning borishiga ta’sir qilmadi, ammo meni vaziyatlarni baholash mezonlari xavotirga solmoqda. Biz har safar to‘pni yon chiziqdan o‘yinga kiritganimizda, bizga qarshi fol qayd etildi, ularga esa bir marta ham yo‘q. Bir xil harakatning birida qoidabuzarlik qayd etilib, boshqasida qayd etilmasa, bu odamni aqldan ozdiradi», — deya Gonsalesning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

Kiritildi: 17:14, 23.08.2026.
O'qildi: 1316 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик