Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ilk medal qo‘lga kiritildi

Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ilk medal qo‘lga kiritildi

Baho:
+ | -

4 aprel kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi. Musobaqada 57 ta davlatdan 445 nafar sportchilar g‘oliblik uchun kuch sinashishmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi ham musobaqada to‘liq tarkibda ishtirok etmoqda. 10 aprelga qadar davom etadigan musobaqada quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishyapti:

1. Saidmuxtor Saidaxrorov (94 kg)
2. Azamat Ramazanov (62 kg)
3. Asadbek Narimanov (62 kg)
4. Muhammadqodir Toshtemirov (69 kg)
5. Aleksandr Li (94 kg)
6. Sarvar Toshtemirov (69 kg)
7. Dilmurod Salimov (77 kg)
8. Azimjon Xodjiyev (85 kg)

9. Dolera Davronova (+75 kg)
10. Gulnoza Axmadova (75 kg)
11. Zuxra Otajonova (48 kg)
12. Shaxloxon Abdullayeva (58 kg)
13. Tursunoy Jabborova (69 kg)
14. Kumushxon Fayzullayeva (58 kg)
15. Shodmonoy Ochilova (75 kg)
16. Zarnigor Abduraxmonova (63 kg)

Bu safargi jahon chempionatida delegasiyamizga ilk medalni qizlar o‘rtasida 58 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Kumushxon Fayzullayeva taqdim etdi. U dast ko‘tarishda 79, siltab ko‘tarishda esa 106 kilogramm og‘irlikni bo‘ysidira oldi. Kumushxon siltab ko‘tarishda kumush medalga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, yakunda umumiy 185 kilogramm natijasi bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ta’kidlash lozimki ushbu vazn toifasida 38 nafar sportchi qizlar ishtirok etgan bo‘lishsa, medallar uchun asosiy kurash O‘zbekiston, Turkiya, Ukraina, Ruminiya, Tailand va Belorus terma jamoalari o‘rtasida kechdi. Yakunda turkiyalik Nuray Levent 191 kg. natija bilan oltin, ukrainalik Mariya Xanxur 186 kg. ko‘rsatkich bilan kumush, o‘zbekistonlik Kumushxon Fayzullayeva esa 185 kg. natijasi bilan bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Jahon chempionatida ishtirok etayotgan qolgan vakillarimiz o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun kurash olib borishmoqda. Kecha o‘smirlar o‘rtasida A guruhida final bosqichining 69 kg. vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz Sarvar Toshtemirov afsuski raqiblariga imkoniyatni boy berib, sovrindorlar orasiga kira olmadi.

Bangkokdagi jahon chempionatining biz uchun e’tiborga molik jihati shundaki, mazkur jahon chempionatida 2018 yilda Argentinada bo‘lib o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga lisenziyalar o‘ynaladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jahon chempionatida 1-7 o‘rinni egallagan terma jamoalar 2+2 ko‘rinishida lisenziyalarga ega bo‘lishadi.

Ya’ni umumjamoa hisobida kuchli yettitalikka kirgan davlatlar uchun 2 ta o‘g‘il bolalar va 2 ta qizlar uchun o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi ajratiladi. 8-17 o‘rinlarni band etgan terma jamoalarga esa 1+1 ko‘rinishida yo‘llanmalar taqsimlanadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:04, 08.04.2017.
O'qildi: 5356 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.