Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Grizmann «Real»ni 2 ochkodan mahrum qildi

Grizmann «Real»ni 2 ochkodan mahrum qildi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida "Real" va "Atletiko" jamoalari "Santyago Bernabeu" stadionida to‘qnash kelishdi. Zidan shogirdlari g‘alabaga yaqin turishgandi, ammo Antuan Grizmann "Qirollik klubi"ni g‘alabadan mahrum qildi.

La ligada chempionlik uchun kurashda muhim palla boshlandi. Buyog‘iga yo‘qotiladigan har bir ochkoning qadri juda yuqori bo‘ladi. Buni his qilgan Zidan jamoasini Madrid derbisiga yuqori formada olib kelishga harakat qildi.

Simeone jamoasi esa o‘z uslubida zich himoyani tashkil qilib, qarshi hujumdan foydalanishga harakat qilishdi. Mezbonlar raqibga nisbatan ko‘proq golli vaziyatlarni yaratganini ta’kidlash lozim.

O‘yinning 15-daqiqasida Ronaldu jarima maydonchasi burchagidan xavfli zarba berdi! Yan Oblak zarbani qaytardi. Shu tariqa "Atletiko" posbonining qahramonligi boshlandi. 28 daqiqaga kelib Benzema va Ronaldu o‘zaro "devor" o‘ynab, raqib jarima maydonchasi kirishdi. Karim 14 metrlardan bergan zarbani Oblak qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Oradan 3 daqiqa o‘tib, hisob ochilishi kerak edi. "Atletiko" futbolchilari maydon markazida to‘pni raqibga berib qo‘yishdi va "Real" o‘ta xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Ronaldu o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib zarba berdi. Darvozaga kirib ketayotgan to‘pni Savich bosh bilan qaytarib qoldi!

Bo‘lim so‘ngida "matraschilar" hisobni ochishga yaqin kelishdi. Serxio Ramos maydon markazida to‘pni Grizmanga berib qo‘ydi. Antuan raqib jarima maydonchasi atrofiga yaqinlashib, zarba berdi. To‘p Navasning qo‘lidan tark etdi.

Ikkinchi bo‘limni "qaymoqranglilar" faol boshlashdi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Ronaldu bosh bilan darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Benzema tomonidan yo‘llangan zarbani Oblak ko‘kragi bilan qaytarib qoldi. Nihoyat, 52-daqiqada hisob ochildi. Toni Kroos jarimadan yetkazib bergan uzatmani Pepe bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Bahsning 60-daqiqasida "Atletiko" hisobni tenglashtirish uchun juda qulay imkoniyatga ega bo‘ldi. Koke maydon markazida to‘pni egallab, Torresni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Fernandoning zarbasini Keylor Navas qaytardi!

O‘yinning so‘nggi 10 daqiqasida Zidan jamoasi e’tiborni himoyaga qarata boshladi. Mehmonlar raqib mudofaasini bir marta yorib o‘tishga muvaffaq bo‘lishdi va shuning o‘zi durang uchun yetarli bo‘ldi. Antuan Grizmann yakkama-yakka vaziyatga chiqib, darvozani ishg‘ol qildi.

Ushbu durang natijasida "Real"ning ochkolari 72taga yetdi. "Barselona" bugun "Malaga"ni mag‘lub etsa, ochkolar bo‘yicha "Qirollik klubi"ga yetib oladi va to‘plar farqiga ko‘ra jadval peshqadamiga aylanadi.

Ispaniya La ligasi, 31-tur
8 aprel, 19.15, «Santyago Bernabeu»
"REAL MADRID" - "ATLETIKO MADRID" 1:1 (0:0)
Gollar: 1:0 – 52 Pepe, 1:1 – 85 Grizmann.
Real Madrid – Navas, Pepe (Nacho, 67), Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Isko, 76), Beyl (Vaskes, 81), Ronaldu, Benzema.
Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Saul (Korrea, 62), Gabi, Ferreyra Karrasko (Ximenes, 88), Koke, Grizmann, Torres (Parti, 78).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (37), Saul (52), Godin (60), Karvaxal (88), Koke (89).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:07, 08.04.2017.
O'qildi: 11286 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.