Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: «Kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurash so‘nggi turgacha davom etadi»

Gvardiola: «Kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurash so‘nggi turgacha davom etadi»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL 32-turidan o‘rin olgan «Hall Siti»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini aytdi.

«Bu biz uchun juda muhim g‘alaba bo‘ldi, sababi ancha vaqtdan buyon g‘alaba qozona olmayotgandik. O‘yinni juda yaxshi boshladik va raqib darvozasi oldida xavfli vazityalar yaratdik. Uchta emas, bundan ham ko‘p gol urishimiz mumkin edi. Yana bir xafa qilgan tomoni, darvozamiz dahlsizligini saqlab qololmadik. Standart vaziyatlarda juda yomon himoyalanmoqdamiz.

O‘yinga kim tayyor bo‘lsa, o‘sha futbolchini tushiraman. Shunday ekan, bugun Klaudio Bravoni maydonga tushirdim. Bravo oyoq bilan yaxshi o‘ynaydigan eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurash so‘nggi turgacha davom etadi», – dedi Gvardiola.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:31, 08.04.2017.
O'qildi: 5137 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.