Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya

Sport kurashlari bo‘yicha terma jamoamiz Ozarbayjondagi xalqaro turnirda qatnashadi

Sport kurashlari bo‘yicha terma jamoamiz Ozarbayjondagi xalqaro turnirda qatnashadi

Baho:
+ | -

Ertaga Ozarbayjon poytaxtidagi «Boku sport saroyi»da erkin va yunon-rum kurashlari bo‘yicha o‘smirlar va kadetlar o‘rtasida Ozarbayjon sport kurashlari federasiyasi kubogi an’anaviy xalqaro turniri start oladi.

Musobaqada mezbonlardan tashqari Tojikiston, Ukraina, O‘zbekiston, Latviya, Rossiya, Turkiya, Eron, Gruziya, Qozog‘iston va Belorus davlatlaridan sportchilar g‘oliblik uchun kuch sinashishadi. Turnir dasturiga ko‘ra 13-14 aprel kunlari yunon-rum kurashi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilsa, 15-16 aprel kunlari erkin kurashchilar gilamga chiqishadi.

O‘zbekiston terma jamoasi har ikkala yosh toifasida to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi. Yunon rum kurashi bo‘yicha Olimjon Qurbonov ustozlik qilayotgan kadetlar terma jamoasi tarkibidan qo‘yidagi sportchilar joy olishgan: Laziz Toshkenboyev (42 kg), Timur Bahronov (42 kg), Eldor Karimov (46 kg), Laziz O‘zbekov (46 kg), Azizbek Olimov (50 kg), Javohir Samatov (58 kg), Umidjon Axrorov (63 kg), Barno Barnoyev (69 kg), Yergali Ayximbayev (76 kg) va Sharofiddin Ernazarov (100 kg).

Ushbu yosh toifasida erkin kurash bo‘yicha terma jamoamizga Latif Xalimov ustozlik qiladi. Boku turnirida u o‘zining sakkiz nafar shogirdi bilan ishtirok etadi. Bular: Umid Jalolov (42 kg), Arslon Rahimov (46 kg), Jamshidbek Marufov (50 kg), Farrux Sharipov (54 kg), Feruz Yoqubov (58 kg), Jamshid Abdufattoxov (76 kg), Shohjahon Avazov (76 kg) va Muhammadrasul Rahimov (85 kg).

Shuningdek, musobaqada o‘smirlar terma jamoamiz ham qatnashadi. Mazkur yosh toifasida yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamizga tajribali murabbiy Ravshan Ro‘ziqulov boshchilik qiladi. Mutaxassis xalqaro turnirga sakkiz nafar sportchini jalb qildi. Bular: Jasur Ortiqboyev (50 kg), Ilhom Bahromov (55 kg), To‘rabek Tirkashev (60 kg), Mahmud Baxshilloyev (66 kg), Jalgas Berdimuradov (74 kg), Abubakr Alimov (74 kg), Ermat Shermatov (84 kg) va Abbos Ibragimov (120 kg).

Va nihoyat o‘smirlar o‘rtasidagi erkin kurash bo‘yicha terma jamoamiz tarkibini Rustambek Jo‘rayev (50 kg), Jahongirmirzo Turobov (55 kg), G‘ulomjon Abdullayev (55 kg), Abbos Rahmonov (60 kg), Ramazon Ibodov (66 kg), Suxrob Sharipov (66 kg), Jasurbek Usmonoxunov (74 kg), Isa Shapiyev (74 kg), Djavrail Shapiyev (84 kg) va Sardorbek Xolmatovlar to‘ldirishgan. Ularga Olimjon Xikmatov ustozlik qiladi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur musobaqa murabbiylar kengashiga Osiyo va jahon chempionatlarida vatanimiz sharafini himoya qiladigan milliy terma jamoamiz tarkibini aniqlab olishga yordam beradi. Bunday toifadagi musobaqalar esa yil oxiriga qadar to‘rttani tashkil etadi.

- o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati. 15-18 iyun. Taydjun, Xitoy Taypeyi;
- o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati. 1-6 avgust. Tempere, Finlyandiya;
- kadetlar o‘rtasida Osiyo chempionati. 20-23 iyul. Bangkok, Tailand;
- kadetlar o‘rtasida jahon chempionati. 4-10 sentyabr. Afina, Gresiya;

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:16, 12.04.2017.
O'qildi: 4532 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.