Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya 2-1 Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston 1-6 Argentina
30/09 21:00 As-Sadd 2-0 Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis 1-1 Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl 0-2 Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) - Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma 2-3 Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton

YECHL, chorak final. «Monako» ertagi davom etadi

YECHL, chorak final. «Monako» ertagi davom etadi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining chorak final bosqichi doirasida "Borussiya" va "Monako" o‘rtasidagi o‘yin kecha bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo dortmundliklar avtobusi oldida yuz bergan portlashlar orqali uchrashuv bugunga qoldirilgandi.

Germaniyaliklar kechagi voqeadan o‘ziga kelishga ulgurmagandi shekilli, ular o‘z o‘yinlarini namoyish qila olishmadi, ayniqsa, birinchi bo‘limda. O‘yinning 15-daqiqasida "Monako"ning yosh hujumchisi Mbeppe tezlik bilan himoyachidan o‘tib ketdi, ammo Sokratis uni tortib yiqitdi. Belgilangan penaltidan esa Fabinyo samarali foydalana olmadi — uning zarbasi noaniq chiqdi.

Oradan 2 daqiqa o‘tib, mehmonlar baribir o‘z maqsadlariga erishishdi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatma natijasida to‘p Mbeppening tizzasiga tegib, to‘rga borib tushdi. Qanot hakami hujumchining biroz ofsaydda turganini qayd eta olmadi.

Shu bilan "Dortmund"ning omadsizligi tugab qolmadi. O‘yinning 35-daqiqasida chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Sven Bender bosh bilan o‘z darvozasiga burib yubordi — 0:2.

Tanaffusga qadar mezbonlar vaziyatni o‘zgartirish uchun hech qanday chora qo‘llay olishmadi. Tanaffusda esa Tomas Tuxel shogirdlari kerakli ko‘rsatmalarni berdi va birdaniga 2ta o‘zgarishni amalga oshirdi. Ayniqsa, Pulishich "Borussiya"ning o‘ng qanotini kuchaytirdi. Bahsning 57-daqiqasiga kelib dortmundliklar dastlabki javob to‘pini kiritishdi. Chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p yo‘nalishini Obameyang tovoni bilan burdi. Natijada Kagava va Dembele posbon qarshisida yolg‘iz qolishdi. Yaponiyalik futbolchining uzatmasini Usmon darvozaga joylab qo‘ydi.

Fransiyaliklar qolgan daqiqalarda ishonchli himoyalanishda davom etishdi. "Borussiya" himoyachilarining qo‘pol xatosi mezbonlarni yana qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Maydon markaziga yaqin joyda to‘pni bir-birlariga oshirayotgan himoyachilardan Mbeppe to‘pni o‘g‘irlab ketdi va yakkama-yakka vaziyatga chiqib, germaniyaliklar darvozasiga uchinchi golni urdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan, "Dortmund" ikkinchi javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘ng qanotdan berilgan uzatmani Kagava raqib jarima maydonchasida egallab oldi va bir himoyachini aldab, darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda mezbonlar hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Ammo Dembele o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani Obameyang darvozabon maydonchasi ichida bosh bilan darvozaga joylay olmadi.

Shu tariqa, "Monako" safarda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat hosil qilib oldi. Javob o‘yini 1 haftadan keyin Monako shahrida bo‘lib o‘tadi.

YECHL, Chorak final, dastlabki o‘yin
"BORUSSIYA D" - "MONAKO" 2:3 (0:2)
12 aprel, 21.45, «Signal Iduna Park»
Gollar: 0:1 – 19 Mbappe, 0:2 – 35, avtogol Bender, 1:2 – 57 Dembele, 1:3 – 79 Mbappe, 2:3 – 84 Kagava.
Noaniq penalti: Fabinyo (35, "Monako")
Borussiya D – Byurki, Papastatopulos, Ginter, Shmelser (Pulishich, 46), Gerreyru, Vaygl, Bender (SHaxin, 46), Kagava, Pishchek, Obameyang, Dembele.
Monako – Subashich, Glik, Fabinyo, Radji, Jemerson, Lemar, Bernardu Silva (Dirar, 66), Mbappe, Moutinyu, Ture, Falkao (Jermen, 85).
Ogohlantirishlar: Papastatopulos (16), Ginter (40), Jemerson (46), Lemar (58), Dirar (69), Fabinyo (81), Subashich (87).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:37, 12.04.2017.
O'qildi: 7192 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.