Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

Birinchi liga. «Surxon» - «Sementchi» (prevyu)

Birinchi liga. «Surxon» - «Sementchi» (prevyu)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston birinchiligi bahslari asta sekinlik bilan qizg‘in pallaga kirib bormoqda.

Musobaqaning 4-tur doirasida 16 aprel kuni bu yilgi mavsumda o‘z oldiga Oliy ligaga chiqish vazifasini qo‘ygan ikki jamoa Termiz shaxrining “Surxon” va Quvasoy shaxrining “Sementchi” jamoalari to‘qnash keladi.

Surxandaryo viloyatining “Surxon” jamoasi 1968 yilda “Chegarachi” nomi bilan tashkil etilgan. Jamoa turli davrlarda Oliy va birinchi liga bahslarida turlicha nomlar bilan ishtirok etgan.
• 1968—1968 — «Chegarachi»
• 1969—1973 — «Avtomobilist»
• 1974—1974 — «Spartak»
• 1975—1983 — «Avtomobilist»
• 1984—1993 — «Surxon»
• 1994—1996 — «ASK»
• 1997—2008 — «Surxon»
• 2009—2010 — «Dinamo-Hamkor»
• 2012 — «Surxon»

2017 yildan Surxondaryoda viloyat xokimi va futbol mutassadi raxbarlarining tashabbusi bilan «Neftchi» (Jarqo‘rg‘on) nomi bilan yana jamoa qaytadan tashkil etildi. Jamoa pulka baxslarida g‘olib chiqib birinchi liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgach yana bu jamoaga “Surxon” nomi berildi.
Turli yillarda «Nasaf» (Qarshi), «Qizilqum» (Navoiy) professional futbol klublarida matbuot xizmati rahbari bo‘lib ishlagan Erkin Xolboboyev «Surxon» professional futbol klubi Ijrochi direktori, «Mash’al» (Muborak), «Norin» (Haqulobod) va «Xorazm» kabi jamoalarda faoliyat ko‘rsatgan mutaxassis Vali Keldiyev esa jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshladi.
Ushbu mavsumda “Surxon” o‘z oldiga elitaga chiqish vazifasini qo‘ygan bo‘lsada mavsumni u qadar omadli boshlay olmadi. O‘tgan uchta turda raqiblar darvozasiga faqat bitta gol kiritib, barcha uchrashuvlarda durrang natijalarni qayt etdi;

1-tur. «Lokomotiv-BFK» – «Surxon» – 0:0.
2-tur. «Xotira-79» – «Surxon» 1:1
3-tur. «Surxon» – «Uzdongju» 0:0

Yangi tashkil etilgan “Surxon” jamoasi bilan bizning “Sementchi” jamoamiz ilk marotaba to‘qnash keladi.
Uchrashuv 16 aprel yakshanba kuni Termiz shaxridagi markaziy o‘yingoxda bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:41, 14.04.2017.
O'qildi: 6343 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.