Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Alisher Mahmudov: "Navbahor"dan murabbiylar tufayli ketdim

Alisher Mahmudov: "Navbahor"dan murabbiylar tufayli ketdim

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionati oliy ligasida 5-tur uchrashuvlari ortda qoldi. O‘tgan yili elitadagi o‘rnini saqlab qolgan «So‘g‘diyona» dastlabki 4ta uchrashuvda bor-yo‘g‘i 3 ochko jam-g‘ardi.

Jizzaxliklarning natijalari salbiy ko‘rinish olishiga, qaysidir ma’noda, qur’a­ning omadsiz kelgani ham sabab bo‘ldi. Davron Fayziyev shogirdlari ketma-ket «Bunyodkor» va «Lokomotiv» klublariga qarshi safarda maydonga tushishdi.

Biz 5-tur uchrashuvi oldidan jamoaning yangi a’zosi Alisher Mahmudovdan intervyu oldik. Ta’kidlash jo-iz, ushbu futbolchi uchun «So‘g‘diyona» begona emas. U bir necha yil avval Jizzax klu-bi sharafini himoya qilgandi.

- Alisher, yil boshida «Navbahor»ni tark etdingiz. Bunga nima sabab bo‘ldi?

- Jamoa bosh murabbiyi bilan kelisha olmadik, fikrimiz bir joydan chiqmadi. Namangandan ketishimning asosiy sababi ham shu. Vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmagach, «Navbahor»dan ketishga qaror qildim.

- Nima sababdan chiqisha olmadinglar? Balki, bosh murabbiyga o‘yin uslubingiz to‘g‘ri kelmagandir?

- Menimcha ham shunday.

- Faqat shumi sababi?

- Murabbiy menga ishonch bildirmadi. Oxir-oqibat ketishga majbur bo‘ldim.

- Shartnomangiz yakuniga yetganmidi?

- Ha.

- «Navbahor» rahbariyatining sizdan qarzi bormi?

- Yo‘q. Men bilan hisob-kitob ishlari to‘liq amalga oshirilgan.

- Uzoq vaqt «Navbahor» sharafini himoya qildingiz. Ketish oson bo‘lmagandir?

- Albatta. Jamoa va uning muxlislari men uchun qadrdon bo‘lib qolishgan. Lekin bu - hayot. Futbolchining qismati shunday.

- Mavsum avvalida «Alisher «Buxoro»ga o‘tar ekan», degan xabarlar ham paydo bo‘lgandi...

- Yo‘q, bu jamoadan taklif olmagandim. Mazkur xabar meni ham hayron qoldirdi.

- «So‘g‘diyona»dan tushgan taklif sizni nimasi bilan o‘ziga jalb qildi?

- Bu jamoada avval ham o‘ynaganman. Eng asosiysi, menga Davron Fayziyevning o‘zi taklif bilan chiqdi. Bu insonni ham futbolchi, ham murabbiy sifatida hurmat qilaman.

- Boshqa klublardan taklif tushmadimi?

- Yana ikkita jamoa qiziqish bildirdi, lekin «So‘g‘diyona»ni ulardan ustun qo‘ydim.

- Qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?

- Kelishuv bir yilga mo‘ljallangan.

- Alisher, bizda asosan bir yillik shartnomalar imzolanadi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Albatta, kelishuv uzoqroq muddatga tuzilishi tarafdoriman. Shunda jamoaviy o‘yin shakllanadi, buning natijasida o‘sha klub kuchayadi.

- Eng yirik shartnomangiz qancha muddatga tuzilgan?

- «Paxtakor»ning yoshlar jamoasida o‘ynab yurgan kezlarim 5 yillik bitimga imzo chekkandim.

- Kelishuv yakunigacha «sherlar» safida o‘ynaganmisiz?

- Yo‘q. O‘sha payt «So‘g‘diyona» transfer huquqimni to‘laligicha sotib olgandi.

- Oradan bir necha yil o‘tib yana shu klubga qaytdingiz. Xo‘sh, Jizzax futbolida ijobiy o‘zgarish ko‘zga tashlandimi?

- Albatta, bor. Yangi, zamonaviy stadion bunyod etildi. Bu arenada O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi o‘tkazildi, unda barcha sharoitlar yaratilgan.

- Moliyaviy tomondan-chi?

Suhbatning davomi bu yerda

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 14:30, 15.04.2017.
O'qildi: 5575 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.