Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Shukurali Po‘latov: «Qarzdorlik haqida eslashni ham istamayman»

Shukurali Po‘latov: «Qarzdorlik haqida eslashni ham istamayman»

Baho:
+ | -

Mavsumlar oralig‘ida tarkibini sezilarli darajada kuchaytirgan «Qizilqum» Oliy ligada yaxshi start olmagan bo‘lsada, 5-turda muxlislarga «syurpriz» ulashdi. Jasur Hasanov, Artur Gevorkyan, Erkin Boydullayev, Azamat Allaniyozov, Vohid Shodiyev kabi tajribali, sovrindor futbolchilarga ega Navoiy klubi Toshkentda «Bun­yodkor»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Darvoqe, klub rahbariyati poytaxt safari oldidan Navoiy shahridagi «Yoshlar» sport majmuasida futbolchilar va muxlislar ishtirokida maxsus uchrashuv o‘tkazgandi. Unda so‘z olgan «Qizilqum» ustozi Hamidjon Aktamov g‘alaba va mag‘lubiyat yonma-yon yurishi, muvaffaqiyatsiz vaqtincha ekanligini ta’kidlagandi. Mana, 5-turda uning gaplari o‘z tasdig‘ini topdi. Biz Toshkentdagi o‘yin oldidan «Qizilqum» tarkibiga mavsumlar oralig‘ida qo‘shilgan yangi futbolchilardan biri Shukurali Po‘latovni suhbatga tortib, turli savollarga javob olgandik.

- Shukurali, o‘tgan mavsum «Neft­chi» safida o‘ynadingiz. Lekin yakunda jamoaning bir qator yetakchilari, xususan, Mansur Sai­dov qatori siz  ham Farg‘ona klubi bilan xayrlashdingiz. Buning asosiy sababi...?

- Fikrim qanday tuyulishini bilmadimu, nazarimda, ko‘pchilik yigitlar «Neftchi»da o‘ynashni xohlashadi. Ammo futbolchining faoliyati qanday davom etishini hech kim bilmaydi. Aksariyat holatlarda klub rahbarlari va murabbiylarning o‘zgarishi futbolchilarning keyingi taqdiriga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Hozir «Neftchi»dan nima uchun ketganim sababini ochiq aytolmayman. Zero, ayni paytda «Qizilqum»daman va bor e’tiborim shu klub muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shishga qaratilgan.

- Avvalgi intervyularingizdan birida «Neftchi» vakillari klubda qolishingizni istashmaganiga sha’ma qilgandingiz. Demak, klub bilan majburan xayrlashgansiz, shundaymi?

- To‘g‘ri, «Neftchi»da qolishim faqat o‘zimga bog‘liq emasdi. Ketishimning o‘zi xos sabablar bor. Umuman, jamoani o‘zim istamagan holda tark etdim...

- O‘zi shartnomangiz muddati yakuniga yetganmidi? «Neftchi» rahbariyati siz bilan to‘liq hisob-kitob qildimi?

- Ha, kelishuvimiz tugagandi. Ikkinchi savolga esa javob berolmayman. Ochig‘i, bu masalada gapirishni ham xohlamayman. Hammaga insof bersin...

- Endi «Qizilqum» haqida: jamoa taklifi sizni nimasi bilan qiziqtirdi?

- «Qizilqum» safiga Hamid aka Aktamovning chorloviga asosan qo‘shildim. O‘sha vaqt jamoa tarkibi tajribali, yuqori saviyali futbolchilar bilan to‘ldirilayotgandi. Aynan shuni nazarda tutib, 1 yillik shartnoma bo‘yicha taklifni qabul qildim.

- Adashmasak, ayni o‘sha payt «Nav­bahor»dan ham taklif olgan edingiz.

- Ha, chorlov bo‘lgandi. Namanganda butun vodiydagi kabi futbolni juda yaxshi ko‘rishadi. Aslida «Navbahor»ga o‘tishim ham hech gap emasdi. Biroq so‘nggi pallada «Qizilqum» varianti ma’qulroq ko‘rindi. Boshqa gap yo‘q.

- «Qizilqum» chempionatni biroz sust boshladi. Vaholanki, jamoa tarkibi chakki emas. Startdagi omadsizlikni qanday izohlaysiz? O‘yinlarni tahlil qilib ko‘rdinglarmi?

- Afsuski, mavsumni omadli boshlay olmadik. Qayd etilgan natijalar biz uchun mos emas. Shaxsiy fikrim, mag‘lubiyatli o‘yinlarda jamoa­mizga shunchaki, omad yetishmadi. To‘g‘ri, umumiy tushunchaga ko‘ra, omad kuchlilarga kulib boqadi. Lekin shaxsan men bu fikrga to‘liq qo‘shilmayman. Axir siz tepgan to‘p darvozaga kiravermasa, aksincha, raqibning bittagina zarbasi gol bilan tugasa - bu haqiqiy omadsizlik sanalmaydimi? Tushunarliki, tarkibimizda tajribali futbolchilar ko‘p. O‘yin amaliyoti masalasida ham muammo yo‘q. Umidvormanki, keyingi o‘yinlarda o‘zimizni o‘nglab, navoiylik muxlislarni chiroyli futbol va g‘alabalar bilan xushnud etamiz.

- Jamoangiz 3-4-turlarda «Qo‘qon-1912» va «Buxoro»ga imkoniyat boy berdi. Ketma-ket mag‘lubiyat, boz ustiga, ikkinchisini o‘z maydoninglarda qabul qildinglar. Bundan kerakli xulosa chiqarildimi?

- Ha, albatta. Xususan, o‘yinlarni qayta ko‘rib chiqib, kamchiliklarni atroflicha muhokama qildik. Mash­g‘ulotlarda ayni shu xatolar ustida ishlayapmiz. O‘ylaymanki, omadsiz davr ortda qoldi. Aslida shu uchrashuvlarda ham mag‘lubiyatga loyiq harakatlanmagandik. Deylik, «Buxoro»ga qarshi o‘yin juda qiziqarli kechdi va yetarlicha xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Afsuski, omad qo‘llamasa qiyin ekan... Yuqorida ayt­gan gapimga tasdiq: mehmonlar darvozamiz tomon bir martagina aniq zarba yo‘llashdi va u gol bilan tugadi. Biz aksincha, golga tortadigan behisob hujumlardan samara chiqarolmadik. Agar vaziyatlarning yarmidan ham foydalanganimizda edi, yirik hisobda g‘alaba qozonardik.

- Toshkentga kelishdan oldin klub rahbariyati va muxlislar o‘rtasida alohida uchrashuv tashkil etildi. Unda muxlislar sizlarni keskin savollar bilan qiynab qo‘yishmadimi?

- Uchrashuv do‘stona ruhda kechdi va muxlislar barcha savollariga tegishli javoblar olishdi. Umid qilamanki, «Qizilqum» hali o‘z so‘zini aytadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:59, 16.04.2017.
O'qildi: 4864 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.