Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

«Sementchi»ning ikki nafar a’zosi O‘zbekiston U-19 yig‘inida ishtirok etmoqda

«Sementchi»ning ikki nafar a’zosi O‘zbekiston U-19 yig‘inida ishtirok etmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi 16–21 aprel kunlari Serbiya poytaxti Belgrad shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazadi. 

Yig‘in doirasida O‘zbekiston yoshlar termasi 18 va 20 aprel kunlari serbiyalik tengdoshlariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.

Jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov Serbiyadagi yig‘inga 18 nafar futbolchini taklif qildi. Ularning orasida “Sementchi”dan ikki nafar yosh futbolchilari Raxmatilla Mirzaahmadov va Abbosbek Jumaqulov bor.

Quyida Mochinov Serbiyadagi yig‘inga taklif etgan futbolchilar bilan tanishingiz mumkin.

Darvozabonlar: Qilichev Javohir (“Bunyodkor”), Umidjon Ergashev (“Nasaf”);
Himoyachilar: Abubakr Mo‘ydinov (“Bunyodkor”), Ibrohim Yo‘ldoshev (“Paxtakor”), Rahmatilla Mirzaahmadov (“Sementchi”), Abdulaziz Yoqubov (“Andijon”), Dilshod Saidov (“Nasaf”)

Yarim himoyachilar: Kamron Saidazimov (“Paxtakor”), Suhrob Izzatov (“Bunyodkor”), Islom Kenjaboyev (“Nasaf”), Boburjon Asqarov (“Paxtakor”), Abbosbek Jumaqulov (“Sementchi”), Georgiy Ahmedov (“Paxtakor”), Oston Urunov (“Paxtakor”), Rasul Yo‘ldoshev (“Bunyodkor”), Xudoyorxon Sagdullayev (“Nasaf”);

Hujumchilar: Asadbek Sobirjonov (“Paxtakor”), Jahongir Abdusalomov (“Bunyodkor”).

Navbatdagi yig‘in O‘zbekiston U-19 terma jamoasining 2018 yili yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik rejasidan o‘rin olgan. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:13, 16.04.2017.
O'qildi: 4002 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик