Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Ixtiyor Karimov: Himoyalangan holda qarshi hujumlardan samarali foydalandik

Ixtiyor Karimov: Himoyalangan holda qarshi hujumlardan samarali foydalandik

Baho:
+ | -

Oliy liganing 6-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan”-“Paxtakor” uchrashuvidan so‘nggi matbuot anjumanining ikkinchi yarimida ishtirok etagan “Sho‘rtan” jamoasining bosh murabbiy vasifasini vaqtincha bajaruvchi jamoa texnik direktori– Ixtiyor Tog‘ayevich o‘yin ta’surotlari haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

- Avvalambor Qashqadaryo futbol muxlislari, G‘uzor tumanimiz va qo‘shni viloyatdan tashrif buyurgan surxondaryolik futbol ishqibozlarimizga bizlarni qo‘llab-quvvatlayotganliklari uchun katta rahmat aytaman. O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, bugun ham O‘zbekistonimizning nomdor jamoalaridan biri, mamlakatimizning ko‘p marotaba chempioni bo‘lgan jamoaga qarshi maydonga chiqdik.

Ular kuchli raqib ekani bilgandik va buni sidqidildan his etgandik. Shu sabab, himoyani o‘yinning so‘ngi daqiqasiga qadar ushlab turishga harakat qilgandik va golli vaziyatlarimizni samarali yakunlashni uddasidan chiqdik. Bugungi harakatlari uchun barcha futbolchilarimizga ham o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Zahiradan maydonga tushirgan futbochilarim o‘yin tempini oshirib berishini his qilib turgan edim va natijada to‘g‘ri qaror qilganimga amin bo‘ldim.

- So‘nggi ikkala raqibimizning ham jamoaviy o‘yini va taktik jihatdan harakatlarini o‘rganib chiqdik va tahlil jarayonida ularga qarshi himoyadan hujum qilish uslubini qo‘llash kerak degan qarorga keldik. Bu futbolda tez-tez uchrab turadigan holatlardan biri. O‘zlaringiz ko‘rgan bo‘lsangiz, Bavariya bilan Real uchrashuvida ham Real himoyalanib qarshi hujumlardan unumli foydalana oldi.

Manba: www.fcshurtan.uz
Kiritildi: 14:27, 16.04.2017.
O'qildi: 4778 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик