L’Equipe nashrining xabariga ko‘ra, “Arsenal” hujumchisi Aleksis Sanches faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.
Hozirda PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi futbolchining agenti bilan muzokara olib bormoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, londonliklar Sanchesning maoshini oshirishni inkor etishgandan so‘ng futbolchining agenti mijoziga boshqa jamoa qidirish harakatini boshlab yuborgan.