Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Oliy liga. "Paxtakor" - "Lokomotiv": o‘yin raqamlari va ma’lumotlar

Oliy liga. "Paxtakor" - "Lokomotiv": o‘yin raqamlari va ma’lumotlar

Baho:
+ | -
21 aprel kuni "Paxtakor" Oliy liganing 7-turida "Lokomotiv"ni qabul qiladi.   Toshkent derbisida jamoalar safida o‘yinni diskvalifikasiya sababli o‘tkazib yuboradigan futbolchilar yo‘q. Dushanba kunidan "Paxtakor" mazkur bellashuvga tayyorgarlik olib bormoqda. Jamoa a’zolari ishqibozlarni g‘alaba bilan xursand etish uchun bor kuchlarini berishadi.   Jamoalar oliy liga doirasida 24 uchrashuvda maydonga tushishgan. 16 bellashuvda "sherlar" zafar quchib, 5 durang va 3 mag‘lubiyat kuzatilgan. Kiritilgan to‘plar bo‘yicha "Paxtakor" yaqqol oldinda - 56:21.   "Paxtakor" mezbonlik qilgan 12 o‘yinning 9tasida g‘olib chiqqan. 2 bellashuv durang bilan tugab, bir marta "Lokomotiv" safardan yutuq bilan qaytgan.    Uchrashuvni Baxtiyor Namozov boshqarib boradi.   21 aprel, juma "PAXTAKOR" - "LOKOMOTIV" Hakamlar: Baxtiyor Namozov (Toshkent), Ma’mur Saidqosimov (Toshkent), Ravil Shoyaxmetov (Toshkent), Jasur Muxtorov (Toshkent). Nazoratchi: Radik Serazetdinov (Toshkent).   Yoshlar jamoalari bellashuvi 20 aprel, payshanba kuni 16:00da Qibraydagi stadionda start oladi. Asosiy jamoalar to‘qnashuvi 21 aprel, juma kuni 18:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.   O‘yinga chiptalarni stadion kassalaridan 10 va 20 ming so‘mdan xarid qilishingiz mumkin. 
Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 12:10, 19.04.2017.
O'qildi: 3380 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик