Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldinyo: Messi men uchun huddi ukam kabi yaqin

Ronaldinyo: Messi men uchun huddi ukam kabi yaqin

Baho:
+ | -

“Barselona” klubi sobiq futbolchisi Ronaldinyo argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Hozirda Messi bilan birga o‘ynagan vaqtlarimni esga olsam, bundan faqat faxrlanishim mumkin.

Uning biroz bo‘lsada oldinga qadam tashlashida yordam bera olgan bo‘lsam, bundan juda mamnunman. Yaqinda u “Barselona” safida 500 golini nishonlaydi, buni qarangki Messi birinchi golini mening to‘p uzatishimdan so‘ng kiritgandi.

Lionelni o‘z ukam kabi hurmat qilaman. Messi yutuqlari uchun doim xursand bo‘lib kelganman, o‘ylaymanki u bundanda kuchliroq futbol ko‘rsatishga qodir.

Aslini olganda – Maradona, Zidan, Ronaldo, Romario, Rivaldo, Roberto Karlos va Kafu kabi buyuk futbolchilar bilan birga to‘p surganimdan juda baxtiyorman”, - deydi Ronaldinyo. 

Manba: www.goal.com
Kiritildi: 15:28, 19.04.2017.
O'qildi: 5045 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик