Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

«Barselona» Italiya klublariga qarshi qanday o‘ynaydi?

«Barselona» Italiya klublariga qarshi qanday o‘ynaydi?

Baho:
+ | -

“Barselona” CHLning chorak finalida “Yuventus” bilan to‘qnash keldi. Ilk o‘yinda 3:0 hisobida turin klubi g‘alaba qozondi. Biz kataloniyaliklarning Chempionlar ligasida Italiya klublariga qarshi statistikasi bilan qiziqdik.

Quyida bu borada 15 ta faktni e’tiboringizga havola etamiz.

1. “Barselona” jamoasi shu kunga qadar Italiyaning 6 ta jamoasi bilan to‘qnash kelishgan. Bular: “Inter”, “Yuventus”, “Fiorentina”, “Udineze”, “Roma” va “Milan”.

2. “Barsa” Italiya jamoalari bilan jami 37 marta to‘qnash kelib, 17 bora zafar quchgan va 8 marta mag‘lubiyat alamini chekib ko‘rgan. To‘plar nisbati 64:44.

3. Kataloniyaliklar bilan eng ko‘p to‘qnash kelgan klub “Milan”dir. “Rossoneri” “ko‘k anorranglilar” bilan jami 17 marta raqib bo‘lib, 4 ta g‘alaba va 8 ta mag‘lubiyatni qayd etishgan.

4. “Fiorentina” va “Udineze” “Barsa” bilan 2 marta to‘qnashib, birorta g‘alabaga erishishmagan.

5. “Udineze” kataloniyaliklardan ochko ola bilmagan Italiyaning yagona jamoasi hisoblanadi.

6. Italiya klublari “Kamp Nou”ga 17 marta tashrif buyurib atigi 2 bora g‘alaba qozonishgan. Qolgan 12 bahsda mezbonlarning qo‘li baland kelgan va 3 tasida murosa ko‘chasi tanlangan.

7. “Kamp Nou”da 2000 yili “Milan”, 2003 yili “Yuventus” g‘alaba bilan qaytgan.

8. “Barselona” Italiyaliklar bilan pley-off bosqichlarida 7 marta to‘qnash kelib, ularning 5 tasida yakunda keyingi bosqichga yo‘l olishgan. 2003 yili “Yuventus” va 2010 yili “Inter” pley-offda “Barsa”dan ustun kelgan.

9. Kataloniyaliklar CHL finallarida ikki bora italiyaliklar bilan raqib bo‘lishgan. 1994 yili “Milan” “Barsa”ni 4:0 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, 2015 yili “ko‘k anorranglilar” “Yuve”dan 3:1 hisobida ustun kelishgan.

10. “Milan” 2 marta, “Inter”, “Roma”, “Fiorentina” va “Yuventus” bir martadan “Barsa” darvozasiga 3 tadan gol kiritishgan.

11. “Milan”, “Roma” va “Yuventus” bir martadan “Barselona” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonishgan.

12. “Barselona” jamoasi “Milan”ni 3, “Inter”, “Roma” va “Udineze”ni bir martadan yirik hisobda taslim etgan.

Davomi>>

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:32, 19.04.2017.
O'qildi: 8753 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик