Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Ravshan Haydarov: "Raqobat yetishmasligi ruhiy tarafdan qimmatga tushmoqda"

Ravshan Haydarov: "Raqobat yetishmasligi ruhiy tarafdan qimmatga tushmoqda"

Baho:
+ | -

"Paxtakor" - "Lokomotiv" (1:2) o‘yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ravshan Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ravshan HAYDAROV ("Paxtakor" bosh murabbiyi): - Qiziqarli va shiddatli o‘yinni ko‘rdik. Raqibga hech bir jihatda yutqazmadik. Uchrashuv oxirigacha rejalarimizni bajarishga urindik. "Lokomotiv"da zaxiradan tushgan futbolchilar o‘yinni kuchaytirishdi. Bellashuv yakunida xatolarimiz evaziga yutqazdik. O‘yinchilar oxirgi daqiqalarda qizishib ketishdi. Bu bizga qimmatga tushdi.

- Oldingi uchrashuvlarda ishtiyoq yetishmayotgani to‘g‘risida gapirgandingiz. Tojiyev va Lobanov sariq kartochkalari bor holda yana qoida buzaverishdi. Futbolchilar sizni, stadionga kelgan muxlislarni hurmat qilishadimi?

- Ikki haftadan beri jamoadaman. Barcha holatlar ustida ishlayapmiz. Mashg‘ulot va hayotda ko‘rsatmalarni to‘g‘ri tushunishmoqda. Afsuski, ularning ongida mavhumlik bormi yoki boshqa sabablimi, yigitlarda aniq e’tibor qilish yo‘q. Tarkibda muammo ko‘p, 10-11 sog‘lom va tajribali futbolchimiz bor xolos. Agar raqobat bo‘lganda ularni tarbiyalab olsa bo‘lardi. Ayni paytda ularni faqat uchrashuvgacha sog‘lom yetkazib olishni o‘ylayapmiz. Kimnidir mashg‘ulotda boshqa xayolda yurganini payqaganimda va boshqa futbolchiga ega bo‘lganimda almashtirardim. Bugun 75-80 daqiqa raqibdan ustunlik qildik, o‘yinga rejani to‘g‘ri amalga oshirdik. Ko‘p imkoniyatlarni yaratdik, penaltidan gol ura olmadik. Jamoani omadsizlik qamrab olgan. Yoshlardan iqtidorlilar ham jarohat olishgan. Jon deb Yaxshiboyevni maydonga tushirardim, ammo unda ham jarohat mavjud. Muxlislarni faqat natija qiziqtiradi, ammo jamoadagi muammolarni aytib o‘tdim.

- Sizni negadir mushkul paytlarda jamoaga taklif etishadi. Bu qiyin emasmi?

- Ha, og‘ir. Rahbariyat salbiy vaziyatni o‘nglash uchun taklif bilan chiqdi. Murabbiy sifatida asosan shu yerda o‘sishga erishganman. Faoliyatimda "Paxtakor" bilan bog‘liq ko‘p lahzalar o‘tgan. Qanday qilib bu klubga yo‘q deyishim mumkin? Har qanday qiyinchilikdan chiqib ketishga intilamiz. "Navbahor"ga qarshi bellashuvda Hoshimov, Tojiyev va Lobanovni maydonga tushira olmaymiz. Ehtimol, gaplarim ularga ta’sir qilmayotgandir. Raqobat bo‘lganda men boshqacharoq yo‘l tutishim mumkin edi.

Birinchi davradan so‘ng jamoada katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Biz ishlaymizmi yoki yo‘q, bilmayman. Lekin tarkib kuchaytirilsa kerak. Ko‘plab asqotishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar ijaraga berib yuborilgan.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 22:32, 21.04.2017.
O'qildi: 4026 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик