Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

«Qo‘qon-1912» Suhrob Berdiyevning uchta goli evaziga «Metallurg»ni mag‘lub etdi

«Qo‘qon-1912» Suhrob Berdiyevning uchta goli evaziga «Metallurg»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Oliy liga 7-turida «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Metallurg»ni qabul qildi.

Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyat mehmonlar tomonidan tashkil etildi. 5-daqiqa Zohid Abdullayevning boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq bo‘ldi.

Qo‘qonliklarning 10-daqiqadagi hujumi samara keltirdi. Filip Rayevas tomonidan oshirilgan to‘p darvozabonga tegib Suhrob Berdiyevga kelib tushdi. Suhrob esa bo‘sh qolgan darvozani qiyinchiliksiz ishg‘ol etdi.

Oradan bir daqiqa o‘tib, mehmonlar xavfli hujum tashkil etishdi. Ammo Zohid Abdullayevning zarbasini Ashurov qaytardi.

18-daqiqada Ibrohim Rahimovning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to‘pini Filip Rayevas boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Zarba biroz kuchsiz chiqdi. Natijada Safoyev to‘pni egallab oldi.

23-daqiqada Ibrohim Rahimov qanotdan kirib borib, to‘pni orqaroqdagi sherigi Bahodir Akramovga oshirdi. Akramovning zarbasi noaniq chiqdi.

26-daqiqada Murod Xolmuhammedovning jarima to‘pidan keyin oshirgan to‘pini himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

29-daqiqada qo‘qonliklar jarima maydonchasi yonidan jarima to‘pini tepish imkoniyatga ega bo‘lishdi. Murod Xolmuhammedovning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni himoyachimizning o‘zi darvozaga yo‘lladi. Zarbaga biroz aniqlik yetishmadi.

35-daqiqada Filip Rayevas birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba yo‘lladi. Safoyev o‘z o‘rnida.

36-daqiqa mehmonlar hisobni tenglashtirishga yaqin kelishgandi. Jarima maydonchasida yolg‘iz qoldirilgan Zohid Abdullayevning zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Ushbu vaziyatda himoyachilarimiz o‘yindan tashqari holatni vujudga keltirmoqchi bo‘lishgandi.

Birinchi bo‘limning so‘nggida maydonda mojaroli vaziyatlar vujudga keldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Hikmat Hoshimov ikkinchi marta hakam tomonidan ogohlantirilib, maydondan chetlatildi.

Ikkinchi bo‘limni qo‘qonliklar shiddatli tarzda boshlashdi. 55-daqiqa Suhrob Berdiyevning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi darvoza turidan joy oldi.

69-daqiqa Andrey Sidorov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

71-daqiqa Suhrob Berdiyev uchinchi to‘pini kiritishi mumkin edi. Uning boshi bilan bergan zarbasini Safoyev qaytarishga erishdi.

75-daqiqa bugungi o‘yin qahramoni Suhrob Berdiyev uchinchi marta bekobodliklar darvozasini ishg‘ol etdi.

79-daqiqa Murod Xolmuhammedovning navbatdagi jarimadan bergan zarbasi biroz noaniq ko‘rinish oldi.

89-daqiqa Zohid Abdullayev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Ashurov o‘zini ko‘rsatdi.

O‘yinning qolgan daqiqalarida har ikki jamoada bir qator vaziyatlar bo‘lishiga qaramay, muxlislarga boshqa gol ko‘rish nasib etmadi.

Oliy liga, 7-tur
“Qo‘qon-1912” – “Metallurg” – 3:0 (1:0)
Gollar: Suhrob Berdiyev (10, 55, 75)

Hakamlar: O. Tolibjonov, N. Ro‘zimov, S. Yeremeev, A. Rubakov.
Nazoratchi: I. Nexochin.
O‘zPFL vakili: A. Inoyatov.

“Qo‘qon-1912”: 12. Aziz Ashurov, 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 7. Jamshid Hasanov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev (11. Andrey Sidorov-63), 10. Javohir Sidiqov, 19. Suhrob Berdiyev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 24. Ibrohim Rahimov (25. Iqbol Malikjonov-77), 77. Murod Xolmuhammedov, 99. Filip Rayevas (97. Oybek Rustamov-47).
Zaxira: 13. Nikita Ribkin, 17. Avaz Mamatxo‘jayev, 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich.
“Metallurg”: 1. Zafar Safoyev, 3. Vusol Mageramov, 4. Hikmat Hoshimov (S), 6. Dilmurod Karimov, 8. Ayubxon No‘’monov, 11. Murod Toshmatov (13. Sanjar Qodirqulov-57), 15. Zohid Abdullayev, 17. Mirg‘iyos Sulaymonov (14. Davron Karimqulov-46), 20. Doston Tursunov, 22. Islom Isoqjonov, 40. Islombek Qobilov.
Zaxira: 32. Suhrob Sultonov, 7. Doniyor Adilov, , 70. Jahongir Abdumo‘minov, 77. Doniyor Ismoilov, 95. Timur Usmonov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 19:03, 22.04.2017.
O'qildi: 4665 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.