Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

"Al-Ahli" ustozi Kristian Gross: “Ochkolarni sarhisob qiladigan pallada turibmiz”

"Al-Ahli" ustozi Kristian Gross: “Ochkolarni sarhisob qiladigan pallada turibmiz”

Baho:
+ | -

"Bunyodkor” – “Al-Ahli” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi va jamoa darvozaboni qatnashdi.

- Ertangi bahs biz uchun juda muhim. Guruh bosqichi yakuniga yetmoqda. Ochkolar sarhisob qilinadigan pallada turibmiz. “Bunyodkor”ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati yo‘qolgan bo‘lsa-da, raqib o‘z obro‘sini saqlash uchun g‘alabaga o‘ynaydi, deb o‘ylayman. O‘z navbatida “Al-Ahli” ham faqat g‘alaba qozonish uchun maydonga chiqadi. Osiyo Chempionlar ligasi qit’aning eng nufuzli turniri hisoblanadi. Bizda ichki chempionat yakunlangan bo‘lishiga qaramasdan, muxlislarimizni xalqaro turnirda xursand qilishga harakat qilamiz. Saudiya Arabistoni chempionatida saviyali va bir-birlariga munosib jamoalar ko‘p. Aniqrog‘i raqobat kuchli. Chempionlar ligasida esa biroz boshqacharoq. “Bunyodkor”ning biron futbolchisini ajratib o‘tirmoqchi emasman, raqib jamoa sifatida kuchli, - dedi “Al-Ahli” ustozi Kristian Gross.

- Ertaga qo‘lga kiritiladigan uch ochko bizni keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin. Raqibning ustun tomoni shuki – ularda bosim yo‘q. Murabbiylar tomonidan beriladigan ko‘rsatmalarni to‘liq bajarsak maqsadimizga erishamiz, - dedi “Al-Ahli” posboni Yosir Al-Musaylim.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 14:09, 23.04.2017.
O'qildi: 3121 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик