Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

FUTBOL TV telekanali bugun ishga tushadi!

FUTBOL TV telekanali bugun ishga tushadi!

Baho:
+ | -

Yurtimizdagi millionlab futbol muxlislarining talab va istaklarini inobatga olib hamda ularning futbolga bo‘lgan katta qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, UZREPORT TV telekanali futbolga ixtisoslashgan yangi FUTBOL TV telekanalini tashkil etishga qaror qildi.

Shuni mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, FUTBOL TV telekanali bugun 22:00dan boshlab test rejimida ish boshlaydi!

Bugun tunda, soat 23:00da boshlanadigan Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan “Real” – “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi “El-Klasiko” o‘yini UZREPORT TV telekanali bilan parallel ravishda FUTBOL TV telekanalida ham jonli efirda namoyish qilinadi.

Test rejimi paytida FUTBOL TV telekanali soat kunduzgi 14:00dan tungi 03:00gacha, 12 soat davomida efirga uzatib boriladi. Test rejimidan muvaffaqiyatli o‘tgach, FUTBOL TV telekanali 24 soatlik efir dasturlari bilan o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Shu bilan birga UZREPORT TV telekanalida futbol o‘yinlari translyasiyasi to‘xtab qolmaydi.
Reklama beruvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish maqsadida joriy mavsum oxiriga qadar Yevropa Chempionlar ligasi, Angliya Premyer-ligasi va Ispaniya chempionati o‘yinlari UZREPORT TV telekanalida hamda, FUTBOL TV telekanalida parallel tarzda jonli ravishda ko‘rsatiladi.

Yevropa Ligasining yarim final va final bahslari faqat FUTBOL TV telekanalida namoyish etiladi. Shuningdek, YECHL, APL va La ligadan o‘rin olgan uchrashuvlar yozib olingan holda va takroran FUTBOL TV telekanalida efirga uzatib boriladi.

Yevropaning eng kuchli chempionatlari translyasiyasi kelasi mavsum ham UZREPORT TV hamda FUTBOL TV telekanallarida davom etadi.

Bundan tashqari, FUTBOL TV telekanalida jahon va o‘zbek futboliga oid bo‘lgan turli qiziqarli ko‘rsatuvlar, badiiy va hujjatli filmlar efirga uzatib boriladi.

Shu o‘rinda UYEFAning talabiga ko‘ra, UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallaridagi futbol o‘yinlari bundan buyon sun’iy yo‘ldosh orqali efirga uzatilmasligini ma’lum qilamiz. Sababi, UZREPORT TV telekanali futbol o‘yinlari translyasiyasini faqat O‘zbekiston hududida namoyish qilish huquqiga ega.

Yurtimizdagi futbol muxlislari UZREPORT TV hamda FUTBOL TV telekanallarini bepul raqamli telekanallar paketida tomosha qilishlari mumkin.

UZREPORT TV hamda FUTBOL TV telekanallari orqali jahon va Yevropa futbolining qiziqarli bahslarini jonli efirda tomosha qilishda davom eting! 

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 18:17, 23.04.2017.
O'qildi: 42669 marta.
Fikrlar: 81 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.