«Everton» bosh murabbiyi Ronald Kuman «Manchester Yunayted» klubinining joriy mavsumdagi imkoniyatlarini chamaladi.
«MYU»ning kuchli to‘rtlikka kirish salohiyatini ko‘rmayapman. Ibrohimovichning jarohati jiddiy, oldinda esa o‘yinlar ko‘p. Menimcha, «MYU» kuchli to‘rtlikka kirolmaydi. Bu jamoaning o‘yin uslubi meni hayratga solmadi. Jamoa juda qiynalgan holda ochkolarni qo‘lga kirityapti. Hatto «Anderlext»ni ham zo‘rg‘a Yevropa ligasidan tushirib yubordi. Bu esa mening haq ekanimni ko‘rsatmoqda» - dedi Kuman A Bola xabarida.